Britaniya harbiy razvedkasi ma’lumotlariga köra, Dniprodagi turar joy binosiga katta ehtimol bilan Tu-22M bombardimonçi samolyotidan uçirilgan Rossiyaning X-22 "Burya" kemalarga qarşi raketasi (NATO tasnifida - AS-4 Kitchen) urilgan.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi tomonidan Twitter'da e’lon qilingan kunlik hisobotga köra, raketa yerdagi nişonlarga qarşi qöllanganda noaniq, çunki uning radar boşqaruv tizimi şaharlardagi nişonlarni farqlaşda zaif.
Razvedka ma’lumotlariga köra, şunga öxşaş qurollar tinç aholi orasida katta qurbonlar bölgan boşqa hodisalar, jumladan, 2022 yil 27 iyunda Kremençukdagi savdo markaziga qilingan hujumda işlatilgan. Rossiya rasmiylarining Dniprodagi uyni qisman vayron qilişda Ukraina havo hujumidan mudofaa vositalari iştirok etgani haqidagi da’vosi notöğri, deyiladi xabarda.
14 yanvar kuni rus qöşinlari Ukrainaga ikki marta raketa bilan hujum qildi. Ukraina Qurolli kuçlari harbiy-havo kuçlari qömondonligi ma’lum qilişiça, mamlakat böylab jami 38 ta raketa uçirilgan. Raketalardan biri Dniprodagi Pobeda qirğoği köçasidagi turar joy binosiga kelib tuşgan. Oqibatda ikkita kiriş joyi vayron bölgan, 17 yanvar oqşomidagi ma’lumotlarga köra, 45 kişi halok bölgan, ulardan olti nafari bolalar. Ukraina hukumati buni uruş boşlanganidan beri eng katta zarba deb atamoqda.
BMTning sönggi ma’lumotlariga köra, Rossiya qurolli tajovuzi paytida Ukrainada 7000 dan ortiq tinç aholi halok bölgan. Halok bölgan yoki yaralangan tinç aholining aksariyati keng ta’sir doirasiga ega bölgan portlovçi qurollardan, jumladan oğir artilleriya va köplab raketa tizimlaridan öqqa tutilgan, şuningdek, raketa va aviatsiya zarbalariga uçragan.


















