Toşkent aeroportida mehmonlarini kutib oluvçilar ayni sovuq kunlarda ham taşqarida qolayotgani haqida tayyorlagan reportajimizdan söng aeroport ma’muriyati muammoga e’tibor qaratib, terminal hududida kutib oluvçilar uçun maxsus joylar taşkil etişga kirişdi.

Kuzatuvçilarimizning bunday muammo vokzallarda ham borligi, Özbekiston temiryöllari tizimidagi kamçiliklar haqidagi fikrlaridan kelib çiqib, şu mavzuga ham qöl urişga qaror qildik.

Poytaxt, viloyat va tumanlardagi istalgan temiryöl vokzallariga bormang, hammasi xuddi çegaradek taşqi dunyodan ikki tarafga bölib qöyilgan. Hammayoq panjara, panjara, panjara! Markaziy temiryöl vokzallari binolariga kirib oliş ham bir taşviş: ikkita nuqtada tekşiruvlardan ötasiz. Şunda ham qölingizda heç bölmaganda şaxsingizni tasdiqlovçi hujjat bölişi şart. Aks holda, har qanday zarurat bölmasin, odamlar uçun xizmat qilişi kerak bölgan maskan ostonasidan kira olmay, ortga qaytasiz.

Toşkentning janubiy va şimoliy vokzallaridagi tekşiruv punktlarida yuk saqlaş bölimiga kiriş uçun qilgan harakatlarimiz zoye ketdi. Pasportingiz yoningizda bölgan taqdirda ham, agar qaytiş çiptangiz bölmasa, yuklaringizni içkarida qoldira olmas ekansiz. Ya’ni siz boşqa şaharga qaçon ketişingiz haqida hali aniq bir qarorga kelmagansiz. Yaqin kunlarda poyezd orqali qaytişingiz aniq. Lekin qölingizdagi oğir yuk bilan şaharda yurolmaysiz. Dunyo tajribasidan kelib çiqsak, bunday şaroitda siz yuklaringizni temiryöl vokzallarining yuk saqlaş bölimlarida ma’lum tölov evaziga qoldirişingiz mumkin. Bizda esa çiptangiz ham naqd bölişi şart!  

Ha, mayli. Mavzudan çalğimaymiz. Şu örinda köpçilik uçun qiziq bölgan savollarni örtaga qöymoqçimiz:

  1. Vokzallarga panjaralar özi nima maqsadda örnatiladi?
  2. Panjarali vokzallar bilan nimaga erişamiz-u, ularsiz nima yöqotamiz?
  3. Nega vokzallarga kirişda yölovçilar 2 marta tekşiruv çiğiriğidan ötkaziladi?