Unga birinçi marta 100 ga yaqin Stryker zirhli maşinasi va kamida 50 ta Bradley piyoda jangovar maşinalari kiritilişi kutilmoqda.
Şuningdek, yordam minglab öq-dorilar, jumladan, havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun raketalarni ham öz içiga olişi rejalaştirilgan.
Anonimlik şarti bilan gapirgan rasmiylarning aytişiça, Bayden ma’muriyati harbiy yordam böyiça yakuniy muhokamalarni ötkazar ekan, raqamlar hali özgarişi mumkin.
Qöşma Ştatlar Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketining bir qismi sifatida Kiyevga nafaqat Bradley zirhli maşinalari va Patriot zenit tizimlari, balki Oq uy e’lon qilgan RIM-7 Sea Sparrow ("Dengiz çumçuqlari" ) boşqariladigan raketalari bilan ham ta’minlaydi. BU haqda Politico naşri manbalarga tayanib xabar berdi.
Sea Sparrow - bu Raytheon korporatsiyasi tomonidan işlab çiqilgan yarimfaol radiolokatsion jihozga ega bölgan "kema-havo" sinfidagi boşqariladigan raketa. U havodagi nişonlarni tutib oliş uçun möljallangan.
"Dengiz çumçuqlari" 1976 yilda Qöşma Ştatlar armiyasi tomonidan qabul qilingan, ammo deyarli yarim asr ötgaç, uşbu raketalarning takomillaştirilgan versiyalari AQŞ dengiz floti va dengiz piyodalari korpusi, şuningdek, boşqa mamlakatlar flotlari tomonidan qöllaniladi.


















