Çorşanba kuni Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida çiqiş qilgan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina ittifoqçilarini ikkilanişni bas qilib, tezlik bilan Kiyevga barça zarur qurollar, jumladan tanklar va havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berişga çaqirdi.
«Erkin dunyo öylaşga ketkazayotgan vaqtni terrorçi davlat odamlarni öldirişga sarflamoqda», degan Davos forumi iştirokçilariga videoaloqa orqali murojaat qilgan Zelenskiy.
«Dunyo ortiq ikkilanmasligi kerak - bugun ham, kelajakda ham. Dunyoning safarbarligi bizning umumiy duşmanimizning navbatdagi harbiy safarbarligidan ilgarilab ketişi kerak. Ukrainani havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlaş Rossiyaning navbatdagi raketa zarbalaridan ildamroq bölişi kerak. Ğarbning tanklari yetkazib berilişi Rossiya tanklarining navbatdagi yurişidan oldin röy berişi kerak», deya davom etgan Zelenskiy.
Tanklar haqidagi sözlarni köpçilik nemislar tomonidan işlab çiqarilgan Leopard tanklari uçinçi davlatlar tomonidan Ukrainaga yetkazib berilişiga ruxsat berişga şoşilmayotgan Germaniyaning ikkilanişiga oçiq işora sifatida baholanmoqda. Polşa va Finlandiya Ukrainaga özidagi Leopard tanklarining bir qismini berişga tayyorligini ma’lum qilgan.
Davos forumida sözga çiqqan Germaniya kanlseri Olaf Şols Leopard tanklari boşqa mamlakatlar tomonidan Ukrainaga taqdim etilişiga ruxsat qaçon bölişi haqida auditoriyadan berilgan savolga töğridan töğri javob berişdan qoçdi.
Şols Germaniya allaqaçon Ukrainaga faollik bilan yordam körsatayotgani va umumiy yordam hajmi böyiça AQŞdan keyingi ikkinçi örinda turgani, ukrainlarga yetkazib beriş uçun öq-dori işlab çiqariş hajmini oşirgani va Ukrainaga zamonaviy va juda samarador bölgan zenit-raketa tizimlari yuborgani haqida juda köp gapirdi.
Germaniyadagi Süddeutsche Zeitung gazetasi çorşanba kuni öz manbalariga tayanib, Olaf Şols Leopard tanklarini Ukrainaga yetkazişga tayyorligi, ammo buning uçun avval AQŞ özining Abrams tanklarini ukrainlarga berişi kerak bölişi haqida yozdi. Gazetaning anonim suhbatdoşlariga köra, Şols bu haqda seşanba kuni AQŞ prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqot çoğida aytib ötgan. Naşrga köra, Bayden bu borada heç qanday va’da bermagan.
Ammo AQŞ hozirça Ukrainaga öz tanklarini berişni rejalaştirmayotgani - Rossiyaning reaksiyasidan qörquv tufayli emas, buning sababi şundaki, bu tanklarga xizmat körsatiş tizimlari juda qimmatga tuşadi. Bu haqda çorşanba kuni AQŞ mudofaa vaziri örinbosari Kolin Kal jurnalistlar bilan muloqot çoğida aytib ötdi.



















