Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining Jizzax viloyatida ötkazilgan örganişlariga köra, viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazi mansabdor şaxslari tomonidan tibbiyot uskunalari xarid qilişda qonunbuzilişlarga yöl qöyilgani aniqlangan.

Xususan, tibbiyot markazi 2021 yil 22 dekabrdagi şartnomaga asosan “E.M.S.” MÇJdan 245,2 mln sömga 2021 yilda Germaniyada işlab çiqarilgan “Eskulap” modeldagi jarrohlik uskunalarini xarid qilişi belgilangan.

Tovar yetkazib beruvçi MÇJ tomonidan 2021 yil 28 dekabrdagi hisobvaraq-fakturaga köra, uşbu modeldagi jarrohlik uskunalari tibbiyot markaziga yetkazilgani haqida hujjat rasmiylaştirilgan.

Biroq örganişlar mobaynida şartnomada qayd etilgan jarrohlik uskunalari aslida mavjud emasligi, yangi tibbiy uskuna örniga eski — 1994 yilda Rossiyada işlab çiqarilgan jarrohlik uskunalari olib kelingani hamda ular yaroqsiz holatda ekani aniqlangan.

Tibbiyot markazidagi holat yuzasidan töplangan materiallar agentlik tomonidan qonuniy qaror qabul qiliş uçun Boş prokuraturaga yuborilgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilib, natijasi böyiça prokuratura tomonidan Jizzax viloyati köp tarmoqli tibbiyot markazi mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.