Sergey Lavrov AQŞ tomonidan Ukrainaga harbiy yordam berilişini Hitler (şuningdek, Napoleon) harakatlariga qiyosladi.

«Napoleon deyarli butun Yevropani Rossiya imperiyasiga qarşi safarbar qilgani, Hitler Yevropaning köp davlatlarini qölga olib, ularni qurollantirib, sovet ittifoqiga qarşi taşlaganidek, endi Qöşma Ştatlar deyarli barça yevropaliklarni koalitsiyaga birlaştirdi. Ular Ukraina orqali bizning mamlakatimizga qarşi «Rossiya masalasi»ni uzil-kesil hal qiliş uçun uruş olib bormoqda», dedi Rossiya taşqi işlar vaziri.

«Hitler «yahudiylar masalasi»ni uzil-kesil hal qilmoqçi bölganidek, endi Ğarb siyosatçilarining fikrlarini öqisangiz, ular Rossiya strategik mağlubiyatga uçraşi kerakligini bir ovozdan aytişmoqda», deya qöşimça qildi Lavrov.

Nemis faşistlari 1941-1945 yillarda «Yahudiylar masalasini yakuniy hal qiliş» siyosatini olib borgan va bu Yevropa yahudiylarini qasddan ommaviy öldirişni anglatar edi. Yahudiylar bu jarayonni Holokost deb nomlagan.

Isroil Lavrovni Holokost xotirasini tahqirlaşda aybladi. «Hozirgi voqealarni Hitlerning yahudiy xalqini yöq qiliş böyiça yakuniy qarori bilan har qanday taqqoslaş tarixiy haqiqatni buzadi, ölganlar va tirik qolganlar xotirasini tahqirlaydi va bu qat’iy rad etilişi kerak», deyiladi Isroil TIV bayonotida.

Yevropa yahudiylari kongressi ham Lavrovning sözlarini qoralab, uni uzr söraşga çaqirdi.

«Biz vazir Lavrov demokratik davlatlar koalitsiyasining harakatlarini Hitler tomonidan olti million yahudiyning ta’qib qilinişi va öldirilişi bilan şarmandali taqqoslaşidan hayratdamiz va dahşatga tuşdik», dedi Yevropa yahudiy kongressi prezidenti Ariel Muzikant.

Germaniyaning Isroildagi elçisi Şteffen Zaybert Lavrovning sözlarini «hayratga soluvçi» deb atadi. «Bundan olinadigan tarixiy saboq şuki, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy jinoyatlari unutilmaydi va jazosiz qolmaydi», deb Zaybertning sözlarini keltiradi Times of Israel.

Fransiyaning Isroildagi elçixonasi Lavrovning sözlarini «ğazabnok qiluvçi va şarmandali» deb atadi. «Yakuniy yeçim» insoniyat tarixida mislsiz iz qoldirdi», deyiladi missiya bayonotida.

Avvalroq Vaşingtonda ham Lavrovning bayonoti haqoratomuz va ahmoqona deb atalgandi.

«Bizning birinçi munosabatimiz şuki, u nimanidir Holokost bilan soliştirişga qanday jur’at etdi? Har qanday narsani [u bilan taqqoslab bölmaydi], ular boşlagan uruş haqida gapirmasa ham böladi!» Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengaşi vakili Jon Kirbi brifingda ma’lum qildi.