19 yanvar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin nasroniylarning Çöqintiriş bayrami munosabati bilan muz öyiğiga tuşib, suvda çömildi. Bu haqda Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Şu bilan birga, Peskov prezidentning çömilayotgan paytidagi fotosuratlar va videolavhalar jurnalistlarga berilmasligini ta’kidladi.

«Bugun Çöqintiriş bayrami, prezident ramziy çömilişda iştirok etdi, buni Moskva viloyatida amalga oşirdi. Bu safar heç qanday video yoki fotosuratlar yöq, biz şunçaki u an’anaga amal qilgani haqida xabar beryapmiz», dedi Kreml matbuot kotibi.

Kreml birinçi marta Putinning Çöqintiriş bayramida çömilgani haqida 2018 yilda xabar bergan edi. U Seliger kölida muz öyiğiga tuşib, nasroniylar amalini bajardi. 2019 yilda Putin Moskva viloyatida çömildi. 2022 yilda Putin mamlakatdagi epidemiologik vaziyat tufayli muz öyiğiga tuşmadi. Peskovning sözlariga köra, ötgan yili çerkov vakillari COVID-19 pandemiyasi tufayli diniy amalni bajarişni tavsiya qilmagan edi.