Unga köra, qurol-yaroğ va texnika Pentagon zaxiralaridan yetkazib beriladi. Yangi qurol paketi tanklarni öz içiga olmaydi, lekin unda zirhli transport vositalari, havo hujumidan mudofaa tizimlari va katta miqdordagi öq-dorilar böladi.
Xususan, Ukraina bir hafta oldin Vaşington e’lon qilgan 50 ta şunday piyoda jangovar texnikasidan taşqari yana 59 ta Bradley piyoda jangovar texnikasini, şuningdek, 90 ta Stryker zirhli transport vositalarini, 53 ta minaga qarşi maşinani, yuqori harakatlaniş qobiliyatiga ega köp maqsadli ğildirakli transport vositalarini oladi (HMMWV).
Bundan taşqari, Qöşma Ştatlar Kiyevga "yer-havo" raketa tizimlari (NASAMS) uçun qöşimça öq-dorilar, sakkizta Avenger havo mudofaa tizimi, HIMARS YaÖRT uçun qöşimça öq-dorilar, 20 mingta 155 mm artilleriya snaryadlari, 600 ta 155 mm aniqlikdagi artilleriya snaryadlari , 95 mingta 105 mm artilleriya snaryadlari, 11,8 mingta 120 mm minomyot snaryadlari, yuqori tezlikda radarga qarşi raketalar (HARMs), şuningdek, transport vositalari, öq otiş qurollari patronlari, tungi köriş moslamalari, avtomobil qismlari va dala jihozlarini yetkazib beradi.
2022 yil 24 fevralda Rossiya agressiyasi boşlanganidan beri Qöşma Ştatlar Ukrainaga 26,7 milliard dollar harbiy yordam körsatdi.


















