Yangi paket doirasida Stryker rusumli 90 dona zirhli transportyor va Bradley rusumli 59 dona piyodalar jangovar maşinasi yetkazib beriladi.

Avvalgi paket 50 dona Bradley maşinalarini öz içiga olgandi, şu tariqa, bu oyda jami 100 dan ortiq şunday maşinalar Ukrainaga topşiriladi.

Paket şuningdek HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimlari uçun öq-dorilar, boşqa turdagi snaryadlar va havo hujumidan mudofaa tizimlarini ham öz içiga olgan.

Töliq röyxat:

  • 59 dona Bradley jangovar maşinalari;
  • 8 dona havo hujumiga qarşi Avenger tizimlari;
  • 90 dona Stryker zirhli transportyorlari;
  • 53 dona MRAP zirhli transportyorlari;
  • 350 dona HMMWV raketalari;
  • HARM raketalari;
  • NASAMS uçun qöşimça raketalar;
  • 20 000 dona 155 mm artilleriya snaryadlari;
  • 600 dona Excalibur snaryadlari;
  • 95 000 dona 105 mm artilleriya snaryadlari;
  • 11 800 dona 120 mm mina;
  • HIMARS uçun qöşimça öq-dorilar;
  • 12 dona maşinalarni zaryadlovçi maşinalar;
  • 6 dona ştab maşinalari;
  • 22 dona TOW tizimi örnatilgan avtomobillar;
  • 2 000 donaga yaqin tankka qarşi raketalar;
  • 3 000 000 dona patronlar;
  • tösiqni buzuvçi uskunalar;
  • Claymore piyodaga qarşi minalari;
  • tunda körişga möljallangan moslamalar;
  • ehtiyot qismlar va boşqa jangovar qurollar.

Xalqaro koalitsiyaning Germaniyada Ukrainaga qöşimça yordam masalasi hal qilinadigan uçraşuvi arafasida e’lon qilingan paket Qöşma Ştatlarning Ukrainaga yordam paketlari orasida hajmi böyiça ikkinçisidir.

Eng yirik paket yanvar oyi boşida e’lon qilingan bölib, 3 milliard dollardan oşiqni taşkil etardi.

Yevropadan qurollar