Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye şahrida şaxmat böyiça nufuzli Tata Steel-2023 turniri davom etmoqda.

Musobaqada özbekistonlik yoş şaxmatçilar xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov yetakçi grossmeysterlar qatorida «Masters» guruhida, xalqaro grossmeyster Javohir Sindarov esa «Challengers» guruhida ğoliblik uçun kuraş olib boryapti.

5-turda 18 yoşli Nodirbek Abdusattorov amaldagi jahon çempioni, norvegiyalik Magnus Karlsenga qarşi dona surib, uni mağlub etişga muvaffaq böldi. Bu natijadan söng, Nodirbek 5 ta imkoniyatdan 4 oçko jamğarib, «Masters» guruhi yetakçisi bölib oldi. Avvalroq, Abdusattorov vengriyalik Rixard Rapport, eronlik Parham Maqsudluni mağlub etib, amerikalik Fabiano Karuana va hindistonlik Dommarju Gukeş bilan durang öynagan edi.

«Masters» guruhida yana 8 ta tur ötkaziladi. Abdusattorovning keyingi raqibi 20 yanvar kuni hindistonlik şaxmatçi Rameşbabu Pragnanandaa böladi.

«Challengers» guruhida 17 yoşli Javohir Sindarov ham muvaffaqiyatli iştirok etmoqda. U 5 ta imkoniyatdan 3,5 oçko jamğarib, uçinçi örinni egallab turibdi.

Musobaqa 29 yanvargaça davom etadi.