Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev şifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda öz manbalariga tayanib «Xabar» telekanali sobiq rahbari Aleksandr Aksyutits va RIA Novosti xabar berdi.

Aksyutits 82 yoşli Nazarboyev Ostonadagi klinikalardan biriga kardiologik tekşiruv uçun olib borilganini aytgan. Rossiya agentligi esa aniqlik kiritib, Qozoğistonning birinçi prezidenti Milliy ilmiy kardiojarrohlik markazida ekanini xabar qilgan.

OAVda tarqalgan xabarlardan keyin Nazarboyevning matbuot kotibi Aydos Ukibay u şifoxonada ekanini tasdiqladi.

«Nursulton Nazarboyevning yuragida jarrohlik amaliyoti ötkazildi. Operatsiya muvaffaqiyatli keçdi. Birinçi prezidentning hayotiga xavf yöq. Hozir u kuzatuv ostida», — deb yozdi Aydos Ukibay tvitterida.

  • Nursulton Nazarboyev mustaqil Qozoğistonning birinçi prezidenti bölgan. U bu lavozimda 1991 yildan 2019 yilgaça ötirgan. Undan oldin Nazarboyev Qozoğiston Kompartiyasi Markaziy qömitasining birinçi kotibi va Qozoğiston SSR prezidenti bölgan.
  • Prezidentlikdan ketgaç ham Nazarboyev Qozoğistonda katta ta’sir doirasini saqlab qolgandi. Ammo 2022 yil yanvaridagi namoyişlardan keyin u Xavfsizlik kengaşi raisligidan va hukmron «Nur Otan» partiyasi rahbarligidan ketdi. Undan şuningdek yelbasi tutuli («millat yetakçisi») va faxriy senator maqomini olib qöyişdi.
  • Bundan taşqari, Qozoğistonda Konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş böyiça referendum ötkazildi, uning yakunlariga köra Nazarboyev va uning oila a’zolari qator imtiyozlardan mahrum bölişdi.