«Yöl xaritasi»da ikki davlat örtasida sayyohlar oqimini oşiruvçi sayohat dasturlari işlab çiqiş, turistik kompaniyalar axborot almaşuvini yölga qöyiş belgilangan. Şu bilan birga, mamlakatlarning turistik salohiyatini körsatuvçi ma’lumotlarni tizimli ravişda maxsus ziyorat turizmi platformasiga joylaştirib boriş, sayyohlar uçun çegara ötkaziş nuqtalarida qulaylik yaratiş, Turkiston – Toşkent yönalişida avtobus qatnovi sonini oşiriş yuzasidan takliflar işlab çiqiş közda tutilgan.
Onlayn tarzda ötkazilgan uçraşuvda mamlakat turizm sohasi vakillari 2023 yil oktabr oyida Qozoğistonda ötkaziladigan TDTga a’zo va kuzatuvçi mamlakatlarning navbatdagi yiğilişiga taklif qilindi. Madaniyat va turizm vazirligi TDT kotibiyatining a’zo va kuzatuvçi davlatlar orasida madaniyat va turizmni rivojlantirişga qaratilgan barça loyihalarini qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
2022 yil mamlakatga kelgan sayyohlarning 57 foizi Turkiya, Ozarboyjon, Qozoğiston va Qirğiziston hissasiga töğri keladi. Ularning 30 foizi Qozoğistondan.

















