18 yanvar kuni Toşkent xalqaro aeroportida loukoster formatida faoliyat yuritadigan yangi Centrum Air aviakompaniyasining taqdimoti bölib ötdi. Kompaniyaning yölovçilar uçun parvozlari Özbekiston içida ham, çet el mamlakatlarida ham amalga oşiriladi.



Centrum Air kompaniyasi öz faoliyatiga zamonaviy boşqaruv usullari va xizmat körsatişning yuqori darajasini joriy qilmoqda. Buning uçun kompaniyada 250 nafar mahalliy va 400 nafardan ortiq xorijiy mutaxassislar işlaydi. Xorijlik mutaxassislar tajribasini ommalaştiriş maqsadida avia-treninglar yölga qöyiladi.
Ayni paytda aviakompaniya har biri 180 kişiga möljallangan beşta Boeing 737 va A320 samolyotlari yordamida yölovçilarga xizmat körsatadi. 2023 yilda kompaniya öz parkini 20 ta samolyotga, keyingi uç yilda esa 100 tagaça kengaytirişni rejalaştirmoqda.



Boş direktor Abdulaziz Abdurahmonov kompaniya Vengriyaning WizzAir kompaniyasi tajribasidan kelib çiqqan holda arzon aviaxizmatlarni yölga qöyiş bilan boşqa aviakompaniyalardan ajralib turişini aytdi:

“Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan farmonlar natijasida yurtimizda içki va ziyorat turizmi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Umid qilamizki, bizning aviakompaniya tarmoq, içki turizm va umuman fuqarolik aviatsiyasi rivojiga öz munosib hissasini qöşadi.
Aholimiz örtasida aviaqatnovlardan foydalaniş madaniyati sust. Markaziy Osiyo davlatlari içida eng past körsatkiçlarda desak ham böladi. Viloyatlar orasidagi masofani bosib ötiş uçun 7-8 soatlab vaqt ketkazişga majbur bölişadi. Çunki reyslarimiz kam. Biz reyslarni köpaytiriş orqali şu madaniyatni rivojlantirişimiz, butun Özbekistonni va Markaziy Osiyo davlatlarini bir-biriga boğlaşimiz kerak” -, deydi kompaniya rahbari.




















