Volodimir Zelenskiy bu haqda Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi doirasida ötkazilgan «Ukraina nonuştasi»da videoaloqa orqali sözladi. Tadbir Viktor Pinçuk fondi tomonidan translatsiya qilindi.
«Bugun men kim bilan va nima haqida gaplaşişni tuşunmayapman. Ba’zida xromakeyda paydo böladigan Rossiya prezidenti haqiqatan ham özi ekaniga işonçim komil emas. Men uning tirikligini, u qaror qabul qiladimi yoki u yerda kim qaror qabul qiladi, tuşunmayapman. Bunday odamlar doirasiga kimlar kiradi? Menda bunday ma’lumot yöq», dedi Zelenskiy.
«Qanday qilib yevropalik yetakçilarga bir narsani va’da qilib, ertasi kuni davlatga keng kölamli bosqinni boşlaş mumkinligini tuşunmayapman. Men kim bilan işlayotganimizni tuşunmayapman. «Tinçlik muzokaralari» deyilganda kim bilan muzokara yuritilişini bilmayapman... Nazarimda, Rossiya avvaliga «kimnidir» topib, keyin «nimanidir» taklif qilişi kerak», deb qöşimça qildi u.
Rossiya bilan muzokaralar haqidagi savolga javob berar ekan, Zelenskiy, şuningdek, öz prezidentligi davrida Ukraina tomoni öz yerlarini diplomatiya yordamida ozod qiliş uçun hamma narsani qilganini va doimiy ravişda muzokaralar olib borişni taklif etganini ta’kidladi. «Ammo kimdir istamadi, keyin kimningdir vaqti yöq edi, kimdir işonmadi va kimdir şart qöydi», dedi Ukraina rahbari.
Kreml Zelenskiy sözlarini izohlar ekan, Rossiya va Putin Ukraina va uning rahbari uçun katta muammo ekanini aytdi.
«Psixologik jihatdan Zelenskiy na Rossiya, na Putin mavjud bölişini afzal köradi. Ammo u Rossiya ham, Putin ham borligini va har doim bölişini, ertami-keçmi ular aksilrossiya harakatlaridan voz keçişi kerakligini qançalik tez anglasa, Ukrainadek davlat uçun şunçalik yaxşi», dedi Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Uning sözlariga köra, Ukraina «Rossiya talablarini inobatga olişga tayyorligini qançalik tez körsatsa», «Kiyev rejimi uyuştirgan fojiadan keyin ukrain xalqi şunçalik tezroq tuzalib ketadi».
Rossiya hukumati vakillari Ukraina bilan tinçlik muzokaralariga tayyor ekanligini bir neça bor ta’kidlagan. Ularga köra, aynan Kiyev pozitsiyasi tufayli muloqot bölmayapti. Şu bilan birga, muzokaralar faqat Rossiya Federatsiyasi şartlari asosida olib borilişi mumkinligi qayd etilmoqda. Boşqa narsalar qatorida, Moskva fikriga köra, muzokaralarda annexia qilingan Ukraina hududlarini qaytariş masalasi muhokama qilinmasligi kerak. Ukraina, öz navbatida, Rossiyaning amaldagi prezidenti ultimatumiga va u bilan muzokaralarga tayyor emasligini ma’lum qilyapti.


















