Prezident Şavkat Mirziyoyev 19 yanvar kuni energiya ta’minotini yaxşilaş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi hamda gidroenergetika tarmoğidagi rejalar taqdimoti bilan tanişdi.
Yiğilişda Özbekistonda energetika tizimini rivojlantirişda barça manbalardan foydalanilayotgani, mavjud quvvatlarni mustahkamlaş bilan birga quyoş, şamol va gidroelektr inşootlari barpo etilayotgani ta’kidlandi.
«Xususan, sönggi yillarda gidroenergetika yönalişida 500 million dollarlik 27 ta loyiha amalga oşirilib, qöşimça 260 megavattli quvvatlar yaratildi. «Özbekgidroenergo» tizimidagi stansiyalarning umumiy quvvati 2 ming megavattdan oşdi. Bu yiliga 2 milliard kub metr tabiiy gaz tejalmoqda, degani. 2023 yilda 197 megavattli 7 ta loyiha va 10 ta mikro gidroelektr stansiya işga tuşirilişi rejalaştirilgan. Yana 438 megavattli 8 ta istiqbolli loyiha va 50 ta mikro GES quriş böyiça işlar boşlanadi», deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

Şavkat Mirziyoyev gidroenergetikada salohiyat yuqoriligini ta’kidlab, quvvatlarni keskin oşiriş böyiça körsatmalar berdi.
«Mikro gidroelektr stansiyalar quriş mumkin bölgan 250 ta maydon aniqlangan. Hisob-kitoblarga köra, kelgusida bu inşootlarda yiliga 675 million kilovatt-soat elektr energiyasini işlab çiqarib, 200 million kub metr gazni tejaş mumkin. Mikro GESlardan elektr energiyasini yuqori narxlarda sotib oliş yölga qöyilgaç, sohaga tadbirkorlar qiziqişi ortdi», deyiladi xabarda.
Gidroenergetika inşootlari atrofidagi böş maydonlarda şamol va quyoşga moslaşgan gibrid stansiyalar quriş böyiça topşiriq berildi. U yerlarda tayyor infratuzilma borligi hisobiga xarajatlar kam bölişi aytildi.
Davlat rahbari sohada mahalliylaştiriş masalasiga ham töxtaldi. «Suvsanoatmaş» aksiyadorlik jamiyatida mikro GES uskunalari, Toşkent viloyatida gidroagregatlar işlab çiqariş böyiça topşiriq berildi.
Suv omborlarini boşqarişni raqamlaştiriş, kadrlar malakasini oşiriş masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Yiğilişda aholini energiya bilan barqaror ta’minlaş çora-tadbirlari muhokama qilindi. Prezident mavjud barça zaxiralarni işga soliş, yangi va istiqboldagi loyihalarni muddatidan keçiktirmagan holda amalga oşiriş zarurligini ta’kidladi.




















