Yevroparlament Rossiya oliy rahbariyatini Ukrainaga qarşi bosqinçilik jinoyatlari böyiça javobgarlikka tortiş uçun maxsus tribunal tuziş töğrisidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda Deutsche Welle yozdi.
Yevropa Ittifoqi va uning a’zolari Rossiyaning siyosiy va harbiy rahbariyati tomonidan Ukrainaga nisbatan sodir etilgan bosqinçilik jinoyatini ta’qib qiliş uçun maxsus xalqaro tribunal yaratişga intilişi kerak, deyiladi rezolyutsiyada.
Ikkinçi jahon uruşidan keyin natsistlar yetakçilari sudlangan Nyurnberg sudiga öxşaş maxsus tribunal Ukraina va xalqaro hamjamiyat bilan yaqin hamkorlikda, afzalroği, BMT orqali tuzilişi kerak, deb qaror qildi Yevropa parlamenti.
Qayd etilişiça, avvalroq, bunday tribunallar BMT Xavfsizlik Kengaşi qarori bilan sobiq Yugoslaviya va Ruandadagi harbiy jinoyatlarda aybdor şaxslarni javobgarlikka tortiş uçun tuzilgan.
Taşabbus mualliflarining asosiy vazifasi sudga Vladimir Putinni, Rossiya Federatsiyasining siyosiy va harbiy rahbariyatini, şuningdek, Rossiyaga öz hududi orqali Ukraina bosqinida yordam berayotgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoni va mamlakat rahbariyatini jinoiy javobgarlikka tortiş vakolatiga ega böliş huquqini berişning umumiy qonuniy asosli yölini topişdan iborat.
«Gap şundaki, mamlakat oliy rahbariyati bosqinçilik jinoyatlari uçun javobgardir, ammo u xorijiy jinoiy yurisdiksiyadan xalqaro immunitetga ega. Demak, bunday tribunal uçun oldin immunitet olib taşlanişi kerak. Buning uçun jahon hamjamiyatining kuçli irodasi va taşabbusi kerak», deb yozdi naşr.
Tribunalning taşkil etilişi Rossiya jamiyati uçun ham, xalqaro hamjamiyat uçun ham Putin va Rossiya Federatsiyasi rahbariyatini Ukrainadagi bosqinçilik jinoyati uçun sud qiliş mumkinligi haqida aniq signal böladi.
Maxsus tribunal yaratiş yölidagi eng muhim amaliy qadam Ukrainaga qarşi bosqinçilik jinoyatini tergov qiliş böyiça xalqaro maxsus prokuratura bölişi kerak, deyiladi Yevropa parlamenti rezolyutsiyasida.
Xalqaro maxsus prokuratura Ukrainada sodir etilgan jinoyatlarning jazosiz qolişiga qarşi kuraşda birinçi qadam böladi. Yevropa Ittifoqi allaqaçon rasmiy Kiyev, Yevroyust va Xalqaro jinoiy sud (XJS) bilan prokuratura taşkil etiş masalasini muhokama qilmoqda.













