2050 yilga borib Markaziy Osiyo mamlakatlari oziq-ovqat xavfsizligi muammosiga duç kelişi mumkin. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov ekspertlar yiğilişida ma’lum qildi.
«Mutaxassislarning fikriça, havo haroratining oşiş sur’ati har yili ösib boradi. Bu nimaga olib kelişi mumkin? Hozir biz Qirğiziston va Tojikistonda yerlarning çöllanişi, muzliklarning qisqarişi muammosini körib turibmiz. Bu muzliklar mintaqaga zarur bölgan suvning asosiy manbai», deb Eldor Aripov sözlarini keltirmoqda Kazinform.
Uning qöşimça qilişiça, 2050 yilga borib Amudaryo va Sirdaryo suvi kamayişi mumkin.
«Amudaryoda suv oqimi 15 foizga, Sirdaryoda 5 foizga qisqarişi mumkin. Bu qişloq xöjaligida hosildorlikning pasayişiga olib keladi. Xuddi şu hisob-kitoblarga köra, 2050 yilga borib qişloq xöjaligi hosildorligi 30 foizga tuşişi mumkin. Bu oziq-ovqat xavfsizligi muammosini keltirib çiqarişi mumkin. Ya’ni, ekologiya, iqlim özgarişi, suv iste’moli bilan boğliq qator muammolar hal etişimizni talab qiladigan dolzarb masala», deb qöşimça qildi Eldor Aripov.

















