Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati, Zarbdor tuman bölimi tomonidan «Hududgaz Jizzax» korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tekşiruvda, fuqaro B.D. «Z.p» korxonasiga qaraşli parrandaçilik binosini heç qanday şartnoma va boşqa ruxsat beruvçi hujjatlarsiz özboşimçalik bilan yuqori bosimli gaz tarmoğiga ulab, 376,9 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan. Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 248,8 mln söm zarar yetkazilgan.
Departamentning Toşkent tuman bölimi tomonidan IIB, «Özneftegazinspeksiya» va tuman gaz ta’minoti bölimi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, «X» mahallasida yaşovçi M.A. raqamsiz uyda joylaşgan issiqxonani özboşimçalik bilan gaz tarmoğiga ulab, 154,9 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan. Oqibatda, davlat va jamiyat manfaatlariga 154,9 mln söm zarar yetkazilgan.
Departamentning Buxoro viloyat boşqarmasi tomonidan «Hududgaz Buxoro» Romitan tuman bölimi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tekşiruvda, «R.t» korxonasi rahbari Z.A. issiqxonaning gaz tarmoği nazorat tamğasini buzib, 141,6 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan. Oqibatda, davlat va jamiyat manfaatlariga 141,6 mln söm zarar yetkazgan.
Uşbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalaniş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

















