Muloqot davomida 2023 yilda Britaniya hukumati tomonidan mavsumiy xorijiy mehnat migrantlari uçun ajratilgan 45 mingta kvota doirasida Özbekistondan işçi kuçini jalb etiş, mehnat muhojirlariga yaratiladigan şart-şaroitlar, ularning huquq va manfaatlari yuzasidan fikr almaşildi.

Britaniya Iş beruvçilar assotsiatsiyasi rahbari Devid Kemp bu sohada Özbekiston bilan hamkorlik qiliş ikki tomon uçun manfaatli bölişini ta’kidladi. Uning aytişiça, hozirgi kunda Britaniyada işçi kuçiga bölgan ehtiyoj oşib borayotgani sababli hukumat tomonidan ajratilgan kvota doirasida Özbekistondan mehnat migrantlarini mavsumiy qişloq xöjaligi işlariga jalb etiş imkoniyati mavjud. Bu borada Britaniyaning rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikni yanada  jadallaştiriş kerak.

Soncordia kompaniyasi direktori Simon Bovyyer, öz navbatida, 2021-2022 yillar davomida mazkur yönalişda Özbekiston bilan amalga oşirilgan samarali hamkorlik natijasida 2023 yilda özbekistonlik mehnat migrantlarini iş bilan ta’minlaşga tayyorligini aytdi.

Uçraşuv yakunida mazkur yönalişdagi özaro hamkorlikni rivojlantiriş, ikki tomonlama memorandum loyihalarini işlab çiqiş va imzolaşga kelişib olindi.