Bu haqda forum qatnaşçisi, gender tengligi böyiça xalqaro ekspert Nargis Qosimova xabar berdi.
Özbekistondagi NNTlarning tinçlik va xavfsizlik masalalarida gender zöravonlik, odam savdosiga qarşi kuraş, ekstremizm maqsadida radikallaşuvga qarşi kuraş böyiça salohiyatini amalga oşiriş maqsadida ötkazilgan forum yönalişlarning barçasi nogironligi bor şaxslar huquqlarini himoya qilişni öz içiga oladi.
Forumda BMT Xavfsizlik Kengaşining “Ayollar, tinçlik va xavfsizlik” töğrisidagi 1325-sonli rezolyutsiyasini NNTlar faoliyati orqali ommalaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Bundan 23 yil oldin, 2000 yil 31 oktyabrda birinçi marta ayollarning mojarolar oldini oliş, hal qiliş va tinçlik örnatişda muhim iştirokisiz mustahkam dunyoga erişa olmasligi tan olingan holda BMT Xavfsizlik Kengaşining “Ayollar, tinçlik va xavfsizlik” töğrisidagi 1325-sonli rezolyutsiyasi qabul qilingan edi.
Uşbu asosiy qaror ayollarni barça tinçlik va xavfsizlik taşabbuslarida gender masalalarini amalga oşiriş bilan bir qatorda töliq va teng iştirok etişga çaqiradi.
Uşbu rezolyutsiya ayollarni mojarolarni hal qiliş böyiça tinçlik muzokaralarida köproq iştirok etişga, şuningdek xalqaro va milliy darajadagi yetakçilik lavozimlarida ayollar sonining köpayişiga köproq jalb qilişni talab qiladi. Ötgan yillar mobaynida BMTning 193 davlatidan 86 tasida rezolyutsiyani amalga oşiriş böyiça “Harakatlar rejasi” işlab çiqildi.

Mazkur rezolyutsiya böyiça Özbekiston Milliy harakatlar rejasi loyihasi quyidagilarni öz içiga oladi:
- Tinçlik va xavfsizlikni rağbatlantiriş va qöllab-quvvatlaş jarayonlarida ayollarning iştirokini rağbatlantiriş;
- “Ayollar, tinçlik va xavfsizlik” mavzusida bilimlarni çuqurlaştiriş, tarqatiş va xabardorlikni oşiriş;
- Favqulodda vaziyatlarda ayollar va qizlarning huquqlarini himoya qiliş va hisobga oliş tizimini takomillaştiriş.
“Forum menga motivatsiya berdi”, deydi Qoraqalpoğiston Respublikasi Nogironlar jamiyatining raisi örinbosari Jaras Ganiyev. “Avvalo dunyoda gözallik, qulaylik va bağrikenglik tamoyillari mavjud. Forum doirasida fuqarolik jamiyati liderlari bölgan “Opa singillar” Qibray tumani nogironligi bor ayollar jamiyatining raisi Natalya Plotnikova, “Rahmdillik” NNT rahbari Bibisora Oripova, Buxoro viloyatida faoliyat yurituvçi “Oydin nur” ijtimoiy yordam körsatiş markazi Şahnoza Ixtiyorovalar bilan birga böliş, tajriba va fikr almaşiş, trener va ekspertlardan bilim va kuç oliş böldi.
















