Germaniya işonçli energiya ta’minotini ta’minlaş yölida yana bir qadam taşladi: mamlakat uçinçi suzuvçi suyultirilgan tabiiy gaz (STG) terminalini işga tuşirişga tayyor. Höegh Gannet terminal kemasi 20 yanvar, juma kuni Brunsbyuttel (Şlezvig-Golşteyn) sanoat portida, Elbada joylaşgan edi. «Brunsbyutteldagi suzuvçi terminal bilan biz gaz ta’minoti xavfsizligini ta’minlaymiz va kelajakda vodorod importi kabi yangi imkoniyatlar oçamiz», dedi Şlezvig-Golşteyn yeri hukumati rahbari Daniel Gyunter kemani qabul qiliş marosimida.
Uzunligi 294 metr va kengligi 46 metr bölgan Höegh Gannet tankerlardan suyultirilgan gazni olib, quvurlar orqali taşiş uçun uni gaz holatiga qaytaradi. Dastlabki bosqiçda, dpa ta’kidlaganidek, Höegh Gannet yordamida tarmoqqa 3,5 milliard kub metr gaz, ulaş quvuri qurib bitkazilgandan keyin esa 7,5 milliard kub metr gaz yetkazib beriladi.
Germaniya Rossiya gazi yetkazib berilmayotganini qoplaş uçun STGga tayanmoqda va buning uçun infratuzilmani jadallik bilan qurmoqda. Umuman olganda, Germaniya hukumati 2023/2024 yillar qiş mavsumida suzuvçi STG terminallari yordamida hozirgi gazga talab uçdan bir qismini qoplaşni kutmoqda. Bugungi kunda ularning uçtasi mavjud: Quyi Saksoniyadagi Vilgelmsxafenda, Ğarbiy Pomeraniyadagi Lubminda va Şlezvig-Golşteyndagi Brunsbyuttelda. Bundan taşqari, Quyi Elbadagi Ştade şaharçasida STG kemalarini qabul qiliş uçun quriliş işlari olib borilmoqda, u keyingi qişda yakunlanadi. 2026 yilgaça u yerda statsionar terminal ham quriladi.

















