Ukrainaga asosiy Leopard tankini yetkazib beriş böyiça qaror hali qabul qilinmagan. Bu haqda jurnalistlarga 20 yanvar, juma kuni Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Ukraina mudofaasi böyiça aloqa guruhining Amerikaning Ramştayn bazasidagi yiğilişi doirasida ma’lum qildi. Vazirning sözlariga köra, bu masala muhokama qilingan: uning tarafdorlari ham, muxoliflari ham bor.
Germaniya harbiy idorasi boşliğining sözlariga köra, bugun ertalab u vazirlikka Leopard tanklari parkida reviziya ötkazişni buyurgan. Gap Bundesverda xizmat körsatayotgan va işlab çiqaruvçilarda bölgan maşinalar haqida ketyapti. Tanklar sonini, şuningdek, ularning şeriklar jangovar transportlariga mosligini aniqlaş kerak. «Leopard tanklarini yetkazib beriş böyiça qaror qaysi nuqtada qabul qilinişini hozirça ayta olmaymiz, biroq ittifoqçilar bilan kelişuvga erişilsa, buni tezda qabul qiliş mumkin», dedi Pistorius.
Vazir jurnalistlarga, şuningdek, Ukraina uçun bugungi kundagi asosiy masalalar havo va raketaga qarşi mudofaa ekanligini aytdi. Pistorius Kiyev Berlindan Patriot zenit-raketa tizimini olişini tasdiqladi, şuningdek, yana yettita Gepard öziyurar zenit qurollari yetkazib berilişini ma’lum qildi.
Ukrainaning Germaniyadagi sobiq elçisi Andrey Melnik Germaniya hukumatini Ukrainaga Leopard tanklarini yetkazib berişga qarşi turişni bas qilişga çaqirdi. «Biz yangi mudofaa vaziri Boris Pistoriusni bugun Ramştaynda tanklar bilan «qöğirçoqbozlik»ni töxtatişga va zudlik bilan Ukrainaga nemis Leopard'larini yetkazişga ruxsat berişga çaqiramiz», dedi Ukraina taşqi işlar vaziri örinbosari Süddeutsche Zeitung gazetasiga bergan intervyusida.
Melnikning fikriça, Germaniya endi amerikaliklarning orqasiga yaşirinmasligi kerak. «Haqiqiy yetakçilikni namoyiş etiş va Ukrainani Bundesver va Germaniya qurol-yaroğ sanoatining barça mavjud qurollari bilan sözsiz qöllab-quvvatlaşga hali keç emas», - dedi u.

















