“Toşkent – Namangan” yönalişida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtomaşina Pop tumanining Ğurumsaroy qişloğida töxtatildi. Avtomaşina xolislar iştirokida közdan keçirilganda, uning yukxonasida bölgan avtomobil şinasi içida 1 kg 874 gr “opiy” moddasi borligi va u maşinada yölovçi sifatida ketayotgan, Namangan şahrida yaşovçi fuqaroga tegişli ekani ma’lum böldi. Aniqlanişiça, uşbu modda uçinçi şaxslar tomonidan Tojikistondan Toşkent viloyatining Bekobod tumani hududiga kontrabanda yöli bilan ötkazilgan.
“Namangan – Toşkent” yönalişida harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomaşina esa Pop tumanidagi “Namangan muntazam” YPX maskanida töxtatildi. Avtomaşina közdan keçirilganda, unda yölovçi sifatida ketayotgan, Toşkent viloyatining Örta Çirçiq tumanida yaşovçi, muqaddam giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan fuqaroga tegişli 901 gr “opiy” moddasi borligi ma’lum böldi. Uşbu narkotik modda uçinçi şaxslar tomonidan Qirğizistondan Namangan viloyatining Uyçi tumani hududiga ötkazilgan.
Boşqa bir holatda “Namangan muntazam” YPX maskanida töxtatilib tekşirilgan, Toşkent şahrida yaşovçi, muqaddam sudlangan fuqaro boşqaruvidagi “Lada Vesta” avtomaşinasining orqa eşiklari qoplamasi içiga joylangan 4704 dona “Regapen” va 1198 dona “Tropikamid” kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi. Tezkor tadbir davom ettirilib, uning körsatmasi asosida Namangan şahrida istiqomat qiluvçi şaxsning yaşaş xonadonidan 3130 dona “Tropikamid” kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari tegişli tartibda olindi. Mazkur noqonuniy işga namanganlik fuqaroning muqaddam sudlangan ukasi ham aralaşgan va kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari qirğizistonlik fuqaro tomonidan Yangiqörğon tumaniga ötkazib berilgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan uşbu şaxslarga nisbatan DXX Namangan viloyati böyiça boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















