AQŞ rasmiylari Rossiya va KXDR örtasida harakatlanayotgan poyezdning maxfiy suratini namoyiş qildi. Ularning fikriga köra, bu ikki davlat örtasidagi qurol savdosidan darak beradi. Bu haqda AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşining strategik aloqalar böyiça koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi. 

2022 yil noyabr oyida olingan suratlarda Rossiya va KXDR örtasida harakatlanayotgan rus vagonlari aks etgan. AQŞ rasmiylarining fikriça, vagonlar içida «Vagner» XHK uçun möljallangan raketalar bölgan. AQŞ bu yuklar uruş yönalişini özgartirganiga işonmaydi, dedi Kirbi, lekin bunday ta’minot davom etayotganiga işonadi. Uning sözlariga köra, Şimoliy Koreyadan qurol-yaroğ sotib oliş BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyasini buzadi. 

Noyabr oyida Qöşma Ştatlar KXDR Rossiyaga qurol yetkazib berayotganini e’lon qilgan edi. Amerika razvedkasi Pxenyan Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika uçun harbiy ta’minot bahonasida Rossiyaga 122 va 152 millimetrlik snaryadlarni yuborganini xabar qildi. 

Şimoliy Koreya bu ayblovlarni rad etdi. «Biz Rossiya bilan heç qaçon «qurol bitimlari»ga ega bölmaganimizni va kelajakda buni amalga oşiriş rejalarimiz yöqligini yana bir bor aniq aytamiz», dedi KXDR Milliy mudofaa vazirligi.