Avvalroq Kun.uzʼda Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanida yoş kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berilgandi. Boş prokuratura matbuot kotibining xabar berişiça, hodisa yuzasidan bir qator taşkilotlarga xizmat tekşiruvi tayinlangan.

Hodisa 2023 yil 16 yanvar kuni Kattaqörğon tumani Oltinsoy qişloğida yaşagan oilada sodir bölgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda yozilişiça, kelin-kuyovning oila qurganiga hali bir oy ham bölmagan.

Ma’lum qilinişiça, 26 yoşli erkak va uning 18 yoşli turmuş örtoği yaşaş xonadonida is gazidan zaharlanib vafot etgan. 

Biroq marhumning yaqinlari Kattaqörğon tumani IIB va tibbiyot birlaşmasiga kelin-kuyov vafot etgani haqida xabar bermagan va ular dafn etilgan. 

Qayd etilişiça, Kattaqörğon tuman IIB, tuman hokimligi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi, tuman Oila va xotin-qizlar bölimi hamda «Samarqand hududgaz» korxonasiga xizmat tekşiruvlari tayinlangan.

«Kattaqörğon tuman prokuraturasi tomonidan voqea joyi közdan keçirilib, marhumlarning ölim sabablariga aniqlik kiritilmoqda. Tekşiriş harakatlari davom etmoqda», deyiladi xabarda.