Ohangaron, Ğijduvon va Qarşi tumanlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, departamentning Ohangaron tuman bölimi tomonidan “Toşkenttumangaz” GTF tuman gaz ta’minoti bölimi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan. Unda “M.B.” MÇJ rahbari A.G. “Yonariq” MFYdagi işlab çiqariş sexini özboşimçalik bilan gaz tarmoğiga ulab, 270,2 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan. Buning oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 270,5 mln söm zarar yetkazilgan.
Departamentning Ğijduvon tuman bölimi tomonidan “Hududgaz Buxoro” GTF tuman gaz ta’minoti bölimi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda esa “S.S.” MÇJ rahbari S.H. korxonaga qaraşli issiqxonani özboşimçalik bilan gaz tarmoğiga ulab olgani ma’lum bölgan. Oqibatda 186,9 mln sömlik 186,9 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Şuningdek, departamentning Qarşi tuman bölimi tomonidan “Hududgaz Qaşqadaryo” GTF tuman gaz ta’minoti bölimi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan. Tekşiruvda fuqaro Yu.D. “Istiqlol” MFYdagi xonadonidagi issiqxonani özboşimçalik bilan gaz tarmoğiga ulab, 184,6 mln sömlik 184,3 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalaniş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

















