Los-Anjyeles yaqinidagi Monterey-Parkda Oy kalendari böyiça yangi yilni nişonlaş çoğida ön kişini öldirişda gumon qilingan şaxs qölga oliş amaliyoti çoğida öldirildi. Bu haqda Los-Anjyeles okrugi şerifi Robert Luna 22 yanvar, yakşanba kuni xabar berdi.
Şerifning sözlariga köra, erkak öziga öq uzganidan vafot etgan. Gumonlanuvçi 72 yoşli Xuu Tsan Tran ekanligi aniqlangan. Dastlab u qoçişga muvaffaq bölgan, biroq bir neça soat ötgaç, politsiya guvohlarning körsatmalarini töplab, oq furgonda ketayotganini aniqlab, uni qidiruvga bergan.
Ta’rifga mos keladigan maşina Kaliforniyaning Torrans şahrida topildi. Gumonlanuvçini qölga olmoqçi bölişganida, u katta ehtimol bilan özini otib öldirgan, deya xabar beradi CNN manbalari.
22 yanvar, yakşanbaga ötar keçasi Los-Anjyeles yaqinidagi Monterey-Parkda joylaşgan tungi klubda erkak kişi öt oçdi. Oqibatda 10 kişi halok böldi, yana 10 kişi tan jarohati oldi. Hujum oy taqvimiga köra yangi yilni nişonlaş vaqtida sodir bölgan. Köçalarda asosan osiyolik bölgan ön minglab odamlar yiğilgan. 60 mingga yaqin aholiga ega Monterey-Park Los-Anjyelesdan 16 kilometr uzoqlikda joylaşgan.
Klubdagi otişmadan taxminan 20 daqiqa ötgaç, yaqin atrofdagi Alxambra şahrida raqs zaliga qurollangan erkak kirgan, biroq u yerdagilar undan öqotar qurolini tortib olgan, şundan söng u qoçib ketgan, dedi şerif. Tergovçilarga köra, ikkala holatda ham gap bir şaxs haqida boryapti. Politsiya hujumçidan olingan qurollarni izlab, erkakning şaxsini aniqlaşga muvaffaq böldi. Bundan taşqari, huquq-tartibot idoralari mikroavtobusidan uni ikkita jinoyat joyiga boğlovçi dalillarni topdi.
Kaliforniyadagi otişma sönggi paytlarda qurbonlar soni böyiça eng ommaviy otişmalardan biriga aylandi, deb ta’kidlaydi The Los Angeles Times. Jinoyatçining maqsadi noma’lum. AQŞ prezidenti Jo Bayden halok bölganlar va jarohatlanganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi, şuningdek, butun mamlakat böylab bayroqlarni tuşirib qöyişni buyurdi.

















