Özbekiston böyiça 109 ta tadbirkorlik sub’yektiga tegişli xususiy AYoQŞ bir qator qoidabuzarliklarga yöl qöygan — narxni asossiz ravişda oşiriş, kamomadga yöl qöyiş, sifatsiz mahsulot tarqatiş, kam quyiş va boşqa holatlar, deb xabar berdi Energetika vazirligi.

Ularning soni Andijon viloyatida 4 ta, Buxoro viloyatida 8 ta, Jizzax viloyatida 4 ta, Qaşqadaryo viloyatida 19 ta, Qoraqalpoğiston Respublikasida 5 ta, Namangan viloyatida 4 ta, Samarqand viloyatida 26 ta, Surxondaryo viloyatida 1 ta, Toşkent viloyatida 5 ta, Toşkent şahrida 7 ta, Farğona viloyatida 22 ta hamda Xorazm viloyatida 4 tani taşkil qiladi.

Misol uçun, Andijon viloyati, Izboskan tumanida joylaşgan «Ravon oil texservis» korxonasiga qaraşli şoxobçada Ai-92 rusumli benzinning sifati buzilganligi, Ai-80 rusumli benzin narxi oşirib sotilayotgani (7 000 söm) aniqlangan.

Qörğontepa tumanida joylaşgan «Buyuk kurgon» korxonasiga qaraşli şoxobçada Ai-92 rusumli benzinning sifati buzilgani, Xöjaobod tumanida joylaşgan «vodiy trans oil» korxonasiga qaraşli şoxobçada Ai-80 rusumli benzin narxi oşirib sotilayotgani (7 000 söm) va Ai-92 rusumli benzin sifati buzilgani aniqlangan.

Xorazm viloyati Boğot tumanida joylaşgan Shirin xususiy korxonasiga qaraşli şoxobçada Ai-92 (5 001 litr) rusumli benzin sifatsiz ekani, Tuproqqal’a tumanidagi «Avtogaz Muqaddas» korxonasiga qaraşli şoxobçada Ai-80 rusumli benzinni kam quyiş holati aniqlangan.

Namangan viloyati, Uyçi tumanidagi «Davr plyus» va Uçqörğon tumanidagi «Furqatjon oil» korxonasiga qaraşli şoxobçada Ai-92 rusumli benzin sifatsiz ekani aniqlangan.

«Mazkur tadbirkorlik sub’yektlariga aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etgunga qadar birja savdolari orqali Ai-80 rusumli benzin xarid qilişga çeklovlar örnatildi va nazoratga olindi. Qonun buziliş holatlariga huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan huquqiy baho berilmoqda», deyiladi xabarda.

Energetika vazirligining ta’kidlaşiça, benzin yetarli miqdorda birja savdolariga çiqarilmoqda. Xususan, oy boşidan har kuni örtaça 7137 tonna benzin birja savdolari orqali sotuvga qöyilgan. Şuningdek, «Özbekneftgaz» AJga qaraşli barça avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalarida (AYoQŞ) Ai-80 markali benzinning 1 litri 5700 sömdan sotilmoqda.