Qirğiziston Respublikasida işlab çiqarilgan avtomobillar narxi 13 ming dollardan boşlanadi. Bu haqda Qirğizistonning Budjet, iqtisodiy va fiskal siyosat qömitasi yiğilişida «DT Texnik» MÇJ direktori Farhodjon Dösmatov ma’lum qildi.

Deputatlar Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi va Özbekiston hukumati örtasida Qirğizistonda avtomobil va tijorat avtomobillarini işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça hamkorlik töğrisidagi bitim loyihasini muhokama qilişdi.

Farhodjon Dösmatov Qirğizistonning Çuy viloyati, Moskva tumanidagi Oq-suv qişloğida avtomobillar işlab çiqaruvçi zavod qurilişini tasdiqladi.

«Dastlabki bosqiçda Chevrolet va Isuzu tijorat avtomobillarini işlab çiqarişni rejalaştirganmiz. Yengil avtomobillarning narxi 13 ming dollardan, yuk maşinalari 28 ming dollardan boşlanadi. Biz narxlarni oşirmaymiz, faqat korxonani soliqdan ozod qilişni söraymiz. Bu xuddi Qozoğiston va Özbekistondagi kabi işlab çiqarişda birlamçi turtki bölar edi», dedi u.

Özbekiston va Qirğiziston hamkorligida yangi avtomobil zavodi loyihasi «Özavtosanoat», Qirğizistonning «DT Texnik» va «Nur» korxonalari tomonidan amalga oşirilişi rejalaştirilgan.