2022 yil 30 dekabr tong soat 8:21 da Toşkent şahrining Mirobod tumani Sodiq Azimov köçasida joylaşgan köp qavatli 5-uy xonadonlarining birida gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi sodir bölgan va bir kişi jarohatlangan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining rasmiy sahifasida öşa kuniyoq ma’lum qilingan.



Biroq tasvirlardan ma’lumki, bu şunçaki gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi va bir kişining jarohati emas, balki köp qavatli uyning bir neçta xonadonlariga jiddiy zarar yetkazgan baxtsiz hodisadir.
Portlaş şu qadar talafotli bölganki, uy qarşisida turgan avtoulovlarga ham jiddiy zarar yetgan.




Murojaatçilarga köra, uyning 1-qavatida yolğiz yaşagan 78 yoşli ayol uyida töplanib qolgan gaz hidini payqamay, elektr çiroğini yoqişi oqibatida portlaş bölgan. Natijada ayol vafot etgan.
Uy zinalariga ham jiddiy zarar yetgan. Kiriş yölagidagi 4-qavatgaça bölgan 12 ta xonadonning barçasi yaşaş uçun xavfli holatga kelgan. Şu sababli bu xonadonlarda yaşovçilar öz uylarini taşlab çiqib ketişlariga töğri kelgan va kiriş yölagi eşigiga qulf solingan.

“Aytişlariça, bu hodisa 30 dekabr kuni sodir bölgan. Men bu haqda 31 dekabrda xabar topdim. Ertalabki soat 5 da keldim. Hammayoq buzilgan. Mana bu tösiqlar turibdi. Uyga keldim. Kördimki, boşida bu xuddi uyga kimdir buzib kirganga öxşadi. Içki işlarni çaqirdim. Menga aytişdiki, 1-qavatda gaz portlabdi.
















