Kun.uz'ning davlat xaridlari böyiça navbatdagi suriştiruvi poytaxtning sobiq hokimi atrofidagi manfaatlar töqnaşuviga oid yangi holatlarni örtaga çiqardi.
Toşkent şahar hokimligi huzuridagi Yagona buyurtmaçi xizmati va Ortiqxöjayevga begona bölmagan kompaniyalar örtasida 2022 yil noyabr-dekabr oylarida töğridan töğri (tendersiz) tuzilgan ayrim şartnomalar röyxati:
Discover Invest
7 460 000 000 söm – 07.11.2022. Raqamli Toşkent vaziyatlar markazini quriş böyiça navbatdagi qöşimça şartnoma.
9 032 800 000 söm – 28.11.2022. Raqamli Toşkent vaziyatlar markazini quriş böyiça yana bir qöşimça şartnoma. Birlamçi şartnomadagi taxminiy qiymat qöşimça şartnomalar asosida 100,3 mlrd sömdan 122,3 mlrd sömga yetgan.
18 799 914 000 söm – 28.11.2022. Nukus şahridagi Döstlik kanali böyida istirohat boğini taşkil etiş, musiqali favvora, atrofidagi köçalarga taşqi yoritiş moslamalarini örnatiş, bolalar öyingohlari, “Workout” maydonçalari quriş, köp kvartirali uylar fasadlarini ta’mirlaş va obodonlaştiriş böyiça qöşimça şartnoma (tölov muddatlariga özgariş kiritilgan).
27 799 914 000 söm – 19.12.2022. Nukusdagi loyiha böyiça yana bir qöşimça şartnoma (tölov muddatlariga özgariş kiritilgan). Birlamçi şartnoma qiymati (34,3 mlrd söm) özgarmagan.
2 700 000 000 söm — 19.12.2022. Şayxontohur tumani hududidagi Zaxariq kollektorining Uçlola berk köçasidan Quyi Jangoh kollektorigaça bölgan 600 metr qismini yopiq holatga oliş va kollektor ustida 700 metr masofadagi hududni obodonlaştiriş böyiça qöşimça şartnoma. Birlamçi şartnomadagi taxminiy qiymat qöşimça şartnoma asosida 36,99 mlrd sömdan 24,9 mlrd sömga kamaygan. Şu bilan birga, mazkur kompaniya bu işlarga aloqador asosiy loyiha (Jangoh, Çuqurköprik va Zaxarariq kollektorlarini yopiq holatga ötkaziş va boşqalar) yuzasidan 2022 yil yozida ötkazilgan tenderda 307,8 mlrd sömlik taklif bilan


















