Toşkentning oligarx hokimi: Ortiqxöjayev faoliyatiga nazar
|23:05 / 22.01.202399 28216 min
Özbekiston poytaxtini salkam 5 yil boşqargan Jahongir Ortiqxöjayev jiddiy tanqidlar bilan işdan olinib, özidan keyin juda oğir muammolarni meros qoldirdi. U lavozimga ötirganida şahar aholisiga köp va’dalar bergandi, lekin ularning aksariyatini bajarmadi.
Hokim bölguniga qadar Jahongir Ortiqxöjayevni asosan Toşkent şahrida, biznes va siyosatdagi odamlar tanirdi. Turkiya prezidentining Özbekistonga taşrifi vaqtida Şavkat Mirziyoyev uni tantanavor taniştirganidan keyin, Ortiqxöjayev haqida butun Özbekiston eşitdi.
“Özbekiston tarixida birinçi marta, özim işongan işbilarmonni Toşkent şahri hokimi etib tayinladim. Tarixda bunaqasi bölmagan.
Bu yigit ham hozirgi islohotlarni tuşunadigan, byurokratiyadan yiroq, Özbekiston [işbilarmonlik muhiti]ga toza havo kirişiga, investorlarni qöllab-quvvatlaşga, Toşkent şahrining ertangi kunini tasavvur qiladigan hozirgi zamonaviy [yoşlardan]. Bu bizning aksariyat rahbarlardan farqli ölaroq, “raykom”, partiya kabi heç qaysi byurokratik tizimda işlamagan”, – degandi öşanda davlat rahbari.
Ortiqxöjayev davlat tizimida işlamagan, byurokratiya poğonalarini bosib ötmagan bölsa ham, uning boşqaruv uslubi biz örgangan amaldorlarnikidan katta farq qilmasligi tezda ayon bölib ulgurgan edi. U tayinlovdan köp ötmay Toşkentdagi 88 ta mahallada quriliş-ta’mirlaş işlarini e’lon qilib, bu işlarning boşida özi turdi va e’tiborlisi, kuçlar negadir keçasi, qoronğida jalb etildi. Ayni şu holatning öziyoq yangi hokimning tizimli va tartibli boşqaruvni yölga qöyadigan zamonaviy menejyer emasligini körsatib bölgandi. Şu va boşqa holatlar hokimlikning işlari buyoğiga ham “qöl” boşqaruvida davom etaverişidan darak berayotgandi va amalda ham şunday bölib çiqdi.
2018 yil aprel oyida Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçi bölgan Jahongir Ortiqxöjayev öşa yil oxirida v.b. qöşimçasidan xalos böldi. Şu vaqt oraliğida u şaharni rivojlantiriş böyiça rejalari haqida köp çiqişlar qildi, köp va’dalar berdi. Biz sobiq hokimning faoliyatiga öz fikrlarimizdan kelib çiqib emas, xolislik uçun uning özi bergan eng muhim va’dalarni qançalik bajarganiga qarab baho berişga harakat qilamiz.
Mavzuga oid
“Toşkentning hamma joyi markazdek bölişi kerak”
“Çet eldan kelgan mehmon Toşkentning markazini qidirib topa olmasligi kerak. Ya’ni u qayerga borsa, öşa yerni markazga aylantiriş kerak. Agar çet eldan kelgan mehmon özini qulay his qilsa, mahalliy aholi özini ikki barobar qulay his qiladi”.(12.05.2018)
Jahongir Ortiqxöjayev şaharning hamma joylarini özi aytgandek qulay, markazdan farq qilmaydigan darajaga keltirgani yöq. Çekkaroq tumanlardagi yöllar abgor holatda yotgan bir paytda, hokim şahar markazidagi yöllarni qayta-qayta ta’mirlaşda davom etaverdi.
Bugun ham, xuddi 5 yil oldingidek, Toşkentga kelgan turist uning markazini boşqa hududlardan osongina ajratib oladi. Şahar markazi – ozoda, tartibli, yöllari ravon, boğlari va xiyobonlari bor, daraxtlari köproq. Markazdan uzoqroqqa, aholi mavzelari tomon borganingiz sari, ayrim joylarda xavfsiz yuriş uçun hatto trotuar ham topolmay qolasiz. Eng elementar masala – şaharda çiqindi qutilari hali ham yetişmaydi.
“Mulk oçiq tanlov asosida beriladi”
“Tadbirkorlarga mulk oçiq tanlov asosida beriladi. Bundan keyin heç kimning amakisi, toğasi yoki poççasi bu masalada imtiyozlarga ega bölmaydi”.(12.06.2018)
Ortiqxöjayevning eng balandparvoz, lekin aslida puç bölib çiqqan va’dalaridan biri aynan şu edi. Ötgan davr mobaynida Toşkentdagi eng qimmat, santimetri tilloga teng yerlar hokim aytganidek oçiq tanlov asosida berilgani yöq. Şahardagi yerlar heç qanaqa auksionsiz tarqatib yuborilişining boşida esa aynan Jahongir Ortiqxöjayev turdi.
Gap şundaki, 2018 yil 1 oktyabrdan boşlab uç yil davomida Toşkentda investitsiya muhitini yaxşilaş maqsadida davlat mulklarini şahar hokimining qarori bilan auksionsiz, töğridan töğri ajratiş böyiça eksperiment ötkazildi. Bu eksperiment amalda yer uçastkalarini bölib beriş böyiça Ortiqxöjayevga berilgan kart-blanş böldi. U davlat mulklarini investorga beriş haqidagi qarorlarining deyarli heç qaysisini oçiq e’lon qilgani yöq. Natijada odamlar özining mahallasidagi yer birovga berib yuborilganini keyinroq bildi.
Köp holatlarda aslida avtoturargoh, xususiy boğça, mahalla guzari yoki şu kabi ijtimoiy obektlar quriş uçun ajratilgan yerlarda köp qavatli uylar va biznes markazlar paydo böldi. Qarorni imzolagan hokim esa bu holatlarga jiddiy reaksiya qilmadi.
Na boş reja, va na strategiya
“Toşkent şahri böyiça muammolar juda köp. Asosiy muammo – poytaxtning boş rejasi yöqligi. Kelajakda böladigan rivojlanişga xalaqit berişi, tasdiqlanmaganligi. Şuningdek, uzoq va yaqin strategiya yöq. Şu muammo. Aniq, puxta bir strategiya qilinmagan”. (13.03.2018)
Aniq, puxta strategiyani özidan avvalgi beşta hokim kabi, Jahongir Ortiqxöjayev ham qilgani yöq. Şaharning rivojlaniş strategiyasi böladi deyilgan “Toşkent-2025: Özgariş” nomli loyiha çala qolib ketdi. Ortiqxöjayev “Top-500” hamjamiyati orqali Toşkentni Markaziy Osiyoning biznes poytaxtiga aylantiramiz deganida ham bilib-bilmay katta gapirib yuborgandi. Bu status uzoq yillardan beri Olma-otaga tegişli. Toşkent şahri iqtisodiyotining hajmi Olma-otanikidan naq 2 barobarga kiçik. Ortiqxöjayev davridagidek ösiş sur’atlari bilan bunaqa katta farqni yöqqa çiqariş ilojsiz.
Va’da qilingan, lekin amalda bajarilmagan strategiyalardan yana bittasi – şahardagi suv oqova tizimini tartibga keltiriş edi. Betartib qurilişlar oqibatida, sal köproq yomğir yoğib qolsa, şahar köçalari suvga tölib qolyapti. Hokimlik esa drenaj-lotoklar tizimini yaxşilaş böyiça va’dasini unutib yubordi, tizimli va amaliy işlar böyiça hatto rejaning özi yöq.
Aksariyat muammolarning markazida turgan şahar boş rejasi esa alohida katta mavzu. Jamoatçilik va faollar buni gapiraverib çarçadi, hokimlik esa yillar davomida orqaga suraverdi, hujjatlarda yozilgan muhlatlar ötib ketaverdi. Oxir-oqibat aynan boş rejaning yöqligi, hammani bezor qilgan palapartiş qurilişlar va buning oqibatida kuçaygan energiya inqirozi Ortiqxöjayevni kursisidan ağdardi. Prezident uni “noinsof” deb işdan olarkan, boş reja haligaça tasdiqlanmagani, qurilişlarning infratuzilmaga yuklamasi hisob-kitob qilinmaganini tanqid qildi.
Ijtimoiy infratuzilma defitsiti
“Reja böyiça 10 yildan keyin Toşkent şahri aholining yaşaşiga qulay bölişi kerak. Uy-joylar yaxşilanişi, jamoat transportini köpaytiriş zarur. Şuningdek, boğça, maktab, poliklinikalar sonini oşiriş darkor. Bular hozirça bizda norma böyiça yetmaydi”. (13.06.2018)
Hokim bu gapida 10 yildan keyin degan bölsa ham, bu muddatning yarmida qilingan işlarni qoniqarli deb bölmaydi. Yaşaşga qulay deganda birinçi navbatda tuşuniladigan ijtimoiy ne’matlar – toza havo, xavfsiz yöllar, sifatli jamoat transporti, barqaror energetika, nogironligi bor odamlarga şaroitlar kabilarning har bittasi böyiça tonnalab muammolar saqlanib qoldi. Ekologik muammolar esa misli körilmagan darajada çuqurlaşib ketdi. Şaharda havo sifati xavfli darajada bölişi odatiy holga aylanib qoldi.
Bitta sinfda qirqtalab öquvçi öqiyotgan maktablar haligaça juda köp. Özbekistondagi eng boy şahar maktablarga pul ajratiş böyiça 14ta hudud orasida 7-öringa (!), ta’lim sifati böyiça 5-öringa (!) tuşib ketdi. Tasavvur qiliş qançalik qiyin bölmasin, Uçtepa tumani maktab ta’limi sifati böyiça respublikadagi 207 ta tuman-şahar içida 204-öringaça (!) quladi.
Jamoat transportini epaqaga keltirmagani – Jahongir Ortiqxöjayevning eng katta xatolaridan biri. U sovuqda avtobus kutiş nimaligini, “marşrutka”ga joy talaşiş nimaligini, metroda tiqilinçda ketiş nimaligini bilmasligi mumkin, lekin bu haqda gapirayotgan odamlarning, jurnalistlarning, jamoatçilikning şikoyatlariga quloq tutsa bölardi. Va yana aytiş kerak, metro qurilişlarida ham, oxirgi 1-2 oyda avtobuslar soni köpayganida ham Ortiqxöjayevning hissasi yöq.
Açinarlisi şundaki, hokim öz va’dasida sanab ötgan ijtimoiy ne’matlarni sezilarli köpaytiriş uçun unda yetarliça vakolat ham, yetarliça mablağ ham, yetarliça vaqt ham bor edi.
“Snos”lar
“Asosiy muammo – şaharda tasdiqlangan boş rejaning yöqligi va uning oçiq emasligi. Buziliş va köçiriş işlari palapartiş olib boriladi. Investorlarga reja qiliş imkoniyati berilmagan”.(18.06.2018)
“Buziliş va köçiriş işlari palapartiş olib boriladi” – Jahongir Ortiqxöjayev hokim sifatidagi faoliyatining boşida aytgan bu jumlani özining faoliyatiga nisbatan ham işlatsa böladi. Yangi davrdagi ommaviy “snos”larda mulk huquqi va kompensatsiya böyiça qonunçilikka rioya qilmaslik böyiça Ortiqxöjayev boşqa viloyatlar hokimlaridan qolişgani yöq.
Xalq oldidagi hisobdorlik
“Har bir yirik islohot xalq fikri örganilgan holda amalga oşiriladi”.(13.06.2018)
“Men sizlarni Toşkentdagi özgarişlarning hammuallifi bölişga va şaharda aynan nima yetişmayotganini bizga aytişga çaqiraman”. (21.06.2018)
Jahongir Ortiqxöjayevning xalq oldidagi hisobdorlik haqida bu gaplari ham vaqtinçalik bölib çiqdi. Aholi bilan muloqot uçun oçilgan “Toşkent sizni yaxşi köradi” nomli platforma uzoq vaqtga bormay yöqolib ketdi. Juda köp holatlarda odamlar şahardagi loyihalar haqida ularning rejasi allaqaçon tasdiqlanib, amalga oşiriş boşlanganidan keyin xabar topdi.
Şahar köçalarini kengaytiriş böyiça loyihalarning heç qaysisi jamoatçilik bilan kelişilmadi. Butun şahar böylab daraxtlarning ayovsiz kesilişi şiddat bilan davom etaverdi. Odamlar xalq bilan maslahatlaşmaydigan hokim va tadbirkorlardan öz boğlarini himoya qilişga majbur böldi. Jamoatçilik faol munosabat bildirmaganida, “Moviy gumbaz”larda “Istiqlol” majmuasi qurilişi mumkin edi. Jahongir Ortiqxöjayev daraxt kesişga moratoriy amal qilib turgan paytda daraxtzor yerlarni quriliş qiliş uçun tadbirkorlarga berib yuborganini esa aqlga siğdirib bölmaydi.
Bu yillar davomida Özbekiston Milliy boğining katta qismini sun’iy saroy va qurilmalardan iborat Magic City egalladi. Boğ hududining yana bir qismida esa Ma’naviyat şaharçasi qurilyapti. Şu boğ hududining yana bir qismi – Oliy Majlis yonidagi köl qayta tiklanmaydigan qilib quritildi.
Sobiq hokim özining asosiy loyihasi bölgan Tashkent City'dagi boğ böyiça va’dasida ham turmadi: u yerga kiriş pulli qilib qöyildi. Oradan 10 oy ötgaç, boğga kiriş yana tekin böldi, lekin bu bejizga emasdi: tez orada boğ sotib yuboriladi. Xususiylaştirişdan keyin boğga kiriş bepul bölib qolişiga esa albatta kafolat yöq.
Qöşimça qilib ötamiz, Jahongir Ortiqxöjayev nafaqat soliq tölovçilar va saylovçilar bilan, balki kezi kelganda qonun bilan ham hisoblaşmadi: masalan, “Kosmonavtlar”ni ta’mirlaşdan oldin madaniy meros organining xulosasini oliş majburiy ekanini faollar unga tuşuntira olmadi. E-qaror tizimi işga tuşganida esa özi imzolayotgan hujjatlarning katta qismini, ayniqsa budjet pullarini allaqanday tadbirlar-u loyihalarga sarflaş haqidagi qarorlarini odamlarga körinmaydigan qilib, yaşirib qöyişni odat tusiga aylantirdi.
“Biznesdan çetlaşdim”
Jahongir Ortiqxöjayev yangi davrda Özbekistonda manfaatlar töqnaşuviga oid tanqidlarning qoq markazida turdi. Ayni şu tanqidlar sabab korrupsiya faqat pora oldi-berdisidan iborat emas, uning manfaatlar töqnaşuvi va boşqa körinişlardagi murakkab turlari ham borligini köpçilik oddiy odamlar ham bilib oldi.
Ortiqxöjayev öz intervyularida biznesdan çetlaşganini, lekin hokimlikka tayinlanayotgan paytda unga öz kompaniyalaridagi uluşlaridan keçiş talabi qöyilmaganini aytgan. Lekin, 2022 yilda qabul qilingan qonun bilan davlat xizmatçilariga biznes egasi böliş taqiqlangan bölsa ham, u baribir biznesdan ketgani yöq, lavozimdan olingan paytda ham “J-United Group”ning yuz foizlik ta’sisçisi edi.
Ortiqxöjayevga tegişli kompaniyalarning köpligi va xilma-xilligi sabab xorij naşrlari uni biznes imperiya deb ataydi. Birmunça vaqt avval, aksariyat kompaniyalarini boşqalar nomiga ötkazişidan oldin, u egalik qiladigan brendlarning sanoği yöqdek edi. Bu kompaniyalar milliardlab sömlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanadi, ularning ayrimlarini himoya qiliş uçun alohida import çeklovlari kiritilgan. Va albatta, bu kompaniyalar muntazam ravişda juda katta hajmdagi davlat buyurtmalarini oladi.
Vaziyat şu darajaga borib yetdiki, tuppa-tuzuk turgan brusçatkalarning ustidan hokimga aloqador firmadan sotib olingan brusçatkalar yotqizildi. Yana bir holatda hokimga begona bölmagan, oçilganiga 15 kun bölgan kompaniya hokimlikdan milliard sömlik buyurtma oldi. Artel maktabining direktori Toşkent şahar xalq ta’limi boşqarmasiga boşliq böldi, Mimar'ning boş arxitektori Toşkent hokimligida işladi, keyin quriliş vaziriga örinbosar böldi.
Ötgan beş yillik davrda şaharda yöllar, köpriklar, binolarni loyihalaş va qurişga turk kompaniyalari keng jalb qilindi. Bunda tadbirkor hokimning Turkiya bilan uzoq yillik ötmişga ega biznes aloqalari alohida örin tutgan bölsa ajab emas.
Jahongir Ortiqxöjayevning ommaviy axborot vositalari bilan munosabatlari ham alohida mavzu. Özbekistonda hali heç kim jurnalistlarni u işlatgan sözlar bilan haqorat qilmagan, u tasavvur qilgan holatda yomonotliq qiliş bilan tahdid qilmagandi. Vaqt ötgani sari, tanqidlar köpayib boravergaç sobiq hokimning jurnalistlarga nisbatan “allergiyasi” oşib boraverdi.
Iste’fo
Toşkent hokimining lavozimdan olinişi Prezident administratsiyasida ötgan yili örtalaridan boşlangan özgarişlar bilan aloqador ekani şubhasiz. Bu özgarişlar u bilan yaqin aloqalarga ega ekani aytiladigan administratsiyaning sobiq rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va prezident maslahatçisi, Ortiqxöjayevning qudasi Abdujabbor Abduvohidovning işdan olinişidan boşlangan edi. Qattiq sovuq kunlari Toşkentning köplab hududlari bir neça sutkalab energiyasiz qolgani esa yakuniy qaror uçun turtki bölgan körinadi.
“Qiş mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik qilmagani uçun Toşkent şahri hokimi Ortiqxöjayevni keçasi ştabda işdan oldim. Quruq gap bilan, yolğon “svodka” bilan pastga tuşmagani uçun, noinsof, oyoği yerdan uzilgani uçun uni işdan oldim”, – dedi prezident Şavkat Mirziyoyev.
Jahongir Ortiqxöjayevning Toşkent şahri hokimi sifatidagi faoliyati hali köp tahlil qilinadi. Va bu tahlil faqat jamoatçilik faollari örtasidagina bölib qolişi töğri emas. Toşkentda ötgan 5 yillik davrdagi voqealarga ham siyosiy, ham huquqiy baho beriş kerakligini körsatuvçi holatlar keragidan ortiq darajada köp.