Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni IHT Taşqi işlar vazirlari kengaşining yiğilişi doirasida Eron Islom Respublikasi taşqi işlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 

Uçraşuvda Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning 2022 yil sentabr oyida Özbekistonga rasmiy taşrifi davomida erişilgan kelişuvlar ikki davlat örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantiriş uçun mustahkam asos yaratgani ta’kidlandi. 

Özbekiston yetakçisi özaro muloqotlar faollaşgani, savdo izçil oşib borayotgani va yetakçi korxonalarning kooperatsiyasi kuçayganini mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni ilgari suriş, jumladan, Çobahor va Bandar-Abbos portlaridan samarali foydalaniş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Bölajak tadbirlar rejasi körib çiqildi, xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi.