Özbekiston va Qirğiziston işbilarmon doiralari vakillari iştirokida biznes-forum ötkazişga tayyorgarlik işlari körib çiqildi. Tomonlar forum davomida imzolanişi rejalaştirilgan investitsiya bitimlari va savdo şartnomalari röyxatini sinxronlaştirdi. Kimyo va töqimaçilik sanoati, maşinasozlik, farmatsevtika, çarm-poyabzal mahsulotlari işlab çiqariş, quriliş materiallari, elektrotexnika, şuningdek, energetika, qişloq xöjaligi, transport, logistika va turizm kabi sohalar hamkorlikning ustuvor yönalişlari etib belgilandi.

Ikki mamlakat örtasidagi özaro tovar ayirboşlaş hajmi izçil ortib borayotgani ta’kidlandi. Sönggi 6 yil içida ikki tomonlama savdo 8 barobar oşib, 2022 yilda 1,3 milliard dollarga yetdi. Yaqin kelajakda uşbu körsatkiçni 2 milliard dollarga yetkaziş böyiça qator aniq amaliy çoralar körişga hozirlik bildirildi.

Foto: Dunyo AA

Qirğiziston iqtisodiyot va savdo vaziri Doniyor Amangeldiyev bilan uçraşuvda tijorat avtomobillari va yengil avtomobillar işlab çiqarişni taşkil etiş, yigiruv va töqimaçilik korxonalarini quriş va kengaytiriş, quriliş materiallari işlab çiqariş böyiça yirik qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlari körib çiqildi. Tadbirkorlarga tegişli şartnoma va bitimlar tuzişda kömaklaşiş böyiça kelişuvga erişildi.

Tomonlar qişloq xöjaligi sohasida, ya’ni ikki davlat hududlarida intensiv boğlar va yuqori texnologiyali issiqxonalar barpo etişga qaratilgan investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oşirişga kelişib oldilar. Şu maqsadda qöşma loyihalarni amalga oşiriş joylari, şuningdek, ikki davlat xususiy korxonalari orqali taşabbuskorlar bir hafta muddatda belgilanadi.

Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temiryöli qurilişi loyihasini tayyorlaş masalasi alohida körib çiqildi. Loyihaning har bir bosqiçini amalga oşirişning aniq muddatlari körsatilgan «Yöl xaritasi»ni imzolaş böyiça kelişuvga erişildi.

Qambarota GES-1 qurilişi loyihasini hayotga tatbiq etişni nazarda tutgan holda energetika sohasida qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi. Tegişli hujjatlar qabul qilişni tezlaştiriş va loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini işlab çiqiş böyiça kelişuvga erişildi.