Hujjat Vazirlar Mahkamasining “Toşkent şahri markazlaşgan issiqlik ta’minoti korxonalari faoliyatini takomillaştiriş töğrisida”gi qaroriga muvofiq işlab çiqilgan.
Xususan, poytaxtning issiqlik tarmoqlarining sönggi qismlarida joylaşgan 11 ta tumanida parallel ravişda issiqlik va elektr energiyasi işlab çiqariş uçun kogeneratsiya uskunalari hamda gaz dvigateli örnatiladi.
Şu tariqa, poytaxtning 11 ta mahallasida 236 ta köp kvartirali uy, 5 ta maktab va 13 ta bolalar boğçasini issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlaş yaxşilanadi.
Energetika vazirligiga Taşqi işlar vazirligi bilan birgalikda Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali bir hafta muddatda uskunalarni işlab çiqaruvçi korxonalar bilan aloqa örnatib, tayyor uskunalarni yetkazib beriş hamda örnatiş, şu jumladan, texnik ta’minlaş böyiça tijorat takliflarini kiritiş topşirildi.
Istisno tariqasida, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga ekspertizadan ötkazmasdan: uskunalarni xarid qilişga; uskunalarni örnatiş va işga tuşiriş hamda issiqlik tarmoqlarini rekonstruksiya qiliş işlarini amalga oşiriş uçun pudratçilarni aniqlaşga ruxsat berildi.
Uskunalarni xarid qiliş işlari Toşkent şahar mahalliy budjetining qöşimça manbalari hisobidan moliyalaştiriladi. Issiqlik va elektr energiyasi köp kvartirali uylardagi iste’molçilarga amaldagi tariflar asosida yetkazib beriladi.

















