«Yuksaliş» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov Özbekiston gaz masalasida Rossiya bilan «Yöl xaritasi» imzolagani haqidagi xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

«Avvalo, Energetika vazirligi mazkur «Yöl xaritasi»ning umumiy mazmuni haqida jamoatçilikka xabar berişi lozim deb hisoblaymiz. Kelgusida bunday hujjatlar haqidagi ma’lumotlar, avval vazirliklarimiz rasmiylari tomonidan e’lon qilinişi kerak. 

Şu bilan birgalikda, huquqiy jihatdan, «Yöl xaritasi» tomonlarga heç qanday majburiyat yuklamaydi, huquqiy oqibat tuğdirmaydi. Tomonlarning hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlaştirişga xizmat qiladigan hujjat turi hisoblanadi», deya qayd etadi u. 

2022 yil dekabrida energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov Özbekistonning bu boradagi qat’iy pozitsiyasini aytgani eslatib ötilgan: «...Biz gaz va elektr energiyasini qandaydir alyans yoki ittifoq orqali emas, balki qöşni davlatlardan import qiliş böyiça muzokaralar olib bormoqdamiz».

Bekmurodov bu Özbekiston manfaatlari uçun eng töğri pozitsiya ekanini ta’kidlagan.

«Milliy manfaatlarimiz uçun bu eng töğri pozitsiya ekanligini ta’kidlagan holda, Hukumatning energetik inqirozni bartaraf etiş hamda kelgusida bunday xavflarni oldini olişga qaratilgan qöşimça diplomatik va amaliy harakatlarini qöllab-quvvatlaş lozimligini bildiramiz», deya yakunlanadi post.

24 yanvar kuni «Gazprom» matbuot xizmati kompaniya rahbari Aleksey Miller va Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov örtasida gaz sohasidagi hamkorlik böyiça «Yöl xaritasi» imzolangani haqida xabar berdi. Xabarda tafsilotlar oçiqlanmagan.

Avvalroq Rossiya Özbekistonga gaz uzatiş uçun mamlakatning gaz-transport tizimini “Gazprom”ga berişni söragani, şunday talab Qozoğiston oldiga ham qöyilgani ma’lum bölgandi.  

«Interfaks»ning yozişiça, Rossiya Qozoğiston va Özbekistonda içki gaz iste’molning ösişi va Xitoy oldidagi eksport majburiyatlarini hisobga olgan holda, Qozoğiston va Özbekistonga gaz yetkazib beriş hajmini oşirmoqçi.

Özbekistonlik jurnalist Şuhrat Latipov Özbekiston «Öztransgaz» va «Hududgazta’minot» gaz transporti tizimini rossiyaliklarga işonçli boşqaruvga berişga rozi bölişi mumkinligini taxmin