26 yanvar kuni Markaziy bankda bölib ötgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 2022 yilda Özbekistonga pul ötkazmalari 17 mlrd dollarga yetganini ma’lum qildi. Bu pul ötkazmalari ötgan yilga nisbatan 2,1 barobarga oşganini körsatadi. Regulyator raisi buning sabablarini tuşuntirdi. 

«Pul ötkazmalari oşgan bölsa-da, özimizning monetar körsatkiçlarimizda bu 17 mlrdning hammasini yalpi talabni şakllantirişda xizmat qiladi deb ayta olmaymiz. 11,5-12 mlrd atrofidagi ötkazmalar yalpi talabni şakllantirişga ta’sir qiluvçi omil hisoblanadi», – dedi u. 

2022 yilning birinçi yarmida Özbekistonga pul ötkazmalari 2 barobarga oşib, 6,5 mlrd dollarni taşkil qildi. Ötgan yilning iyul oyida bölib ötgan anjumanda Mamarizo Nurmurodov pul ötkazmalarining rekord darajada ösişida avvalgi norasmiy pul jönatmalarining rasmiy kanallarga ötgani hamda kiçik va örta eksportçilarning özgargan şaroitdagi faoliyati muhim örin tutganini aytgandi. 

Bu safar ham MB raisi uşbu sabablarga urğu berdi. Nurmurodovning izohlaşiça, asosiy sabablardan biri qöşni Qirğiziston va Tojikistonda 2022 yil naqd valutada ma’lum jihatdan taqçillik kuzatilib, banklarda ma’lum çeklovlar örnatilgani bilan boğliq. 

«Uşbu şaroitda qöşni davlatlar fuqarolari Özbekistonga pul ötkazmalarini amalga oşirib, Özbekiston orqali [dollar] olganini kuzatdik. Pul ötkazmalarini tarqatayotganda fuqarolik söralmaydi, yuborilgan kod böyiça beriladi. Ammo bu tendensiyani qöşni davlatlardan çegara oldi hududlarga kirib kelayotgan fuqarolar soni özgarişiga qarab kuzatib boryapmiz», – dedi u. 

Pul ötkazmalarining yuqori ösişidagi yana bir omil sifatida geosiyosiy vaziyatdagi keskinlaşuv ham rol öynagan. Eksportyorlar ilgari pullarini naqd pulda olib kirgan bölsa, 2022 yilda banklar orqali pul ötkazmalari şaklida olib kirgan. 

«Rossiyada naqd dollar taqçilligi va kurs örtasidagi sezilarli farq ularni pul ötkazmalari orqali işlaşga majbur qildi. Natijada biz 2 barobar ösişni kördik», – dedi Nurmurodov. 

Anjumanda Özbekistondan taşqariga çiqqan pul ötkazmalari haqida ham ma’lumot berildi. 

«2022 yilda 2,1 mlrd dollar pul ötkazmalari taşqariga çiqdi. Ötgan yilga qaraganda 29 foizga oşdi. Davlatlar kesimida katta özgariş yöq. Turkiya, Xitoy, Amerika va Hindiston kabi davlatlarga pul ötkazmalari amalga oşirilgan. Bu savdo (Turkiya, Xitoy) va davolaniş maqsadlari (Hindiston) bilan boğliq», – dedi MB raisi.