Kun.uz muxbiri bog‘langan kompaniya rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda xaridorlar bilan yangi shartnomalar tuzilmayapti, biroq bu vaqtinchalik holat bo‘lishi mumkin.
Bu – QQSning 15 foizdan 12 foizga pasaytirilgani hisobiga Malibu-2 narxi 10 mln so‘mga arzonlashgani ortidan ro‘y bermoqda.
Ma’lumot uchun, UzAuto Motors yiliga 2900 dona Malibu-2 avtomobilini import qiladi va ichki bozordagi iste’molchilarga yetkazib beradi. Shu paytga qadar olib kelinayotgan avtomobillarning tannarxi ochiqlanmagan.










