Ikki mamlakatning davlat bayroqlari bilan bezatilgan «Manas» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov va uning rafiqasi kutib oldi.
Bu yerda davlat rahbarlariga Özbekiston va Qirğiziston xalqlari örtasidagi döstlikni tarannum etuvçi musiqiy-folklor çiqişlar namoyiş etildi.
Söng Özbekiston prezidenti Qirğiziston boş vaziri Akilbek Japarov hamrohligida «Ata-Beyit» milliy tarixiy-yodgorlik majmuasiga taşrif buyurdi.

Özbekiston rahbari 1916 yilgi fojiali voqealarning qurbonlari xotirasiga bağişlangan «Urkun» yodgorligi poyiga gul qöydi.
Majmua 2000 yilda qirğiz davlatçiligining eng muhim bosqiçlari haqidagi tarixiy xotirani tiklaş va asrab-avaylaş maqsadida taşkil etilgan. Qirğiz xalqining uluğ yozuvçisi Çingiz Aytmatov taklifi bilan yodgorlikka «Ata-Beyit» – «Otalar qabri» degan nom berilgan.



Davlat taşrifining asosiy tadbirlari ertaga, 27 yanvar kuniga möljallangan.

















