Ötgan yili Buxoroda – 8 ta, Namangan, Surxondaryo va Sirdaryoda – 2 tadan, Toşkent viloyatida – 1 ta tumanda yangi taşkil etilgan tadbirkorlar soni 2021 yilga nisbatan 30-40 foizga kamaygan.

Davlat rahbari eng oğir ahvol Andijon, Termiz va Kogon şaharlari, Jalaquduq, Marhamat, Olot, Qoraköl, Şofirkon, Mingbuloq va Qibray tumanlarida ekanini qayd etib, uşbu hududlar hokimlarining bu boradagi faoliyati qoniqarsizligini körsatib ötdi.

Mutasaddilarga viloyat hokimlari bilan birga ikki hafta muddatda uşbu tumanlarga borib, mavjud şaroitlarni örganib, ularning har biri böyiça tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturini işlab çiqiş topşirildi.