Tehronda Ozarboyjon elçixonasiga qurolli hujum uyuştirildi. Oqibatda elçixona xavfsizlik xizmati boşliği halok böldi, yana ikki xodim yaralandi, deb xabar berdi Ozarboyjon TIV matbuot xizmatiga tayangan holda «Kommersant’».
TIV ma’lumotlariga köra, hujum mahalliy vaqt bilan soat 8:30 atrofida sodir bölgan. Kalaşnikov avtomati bilan qurollangan şaxs elçixonaga bostirib kirib, öq uzgan. Xavfsizlik xizmati xodimlaridan biri u bilan kuraşib, qurolni tortib olişga uringan.
Hujum tafsilotlari aks etgan videoni Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova e’lon qildi. U «elçixona xodimi xuddi şer kabi kuraşganini» ta’kidladi.
Tehron politsiyasi boşliği Sardor Husayn Rahimiy hujumçi qölga olinganini ma’lum qildi. Tasnim agentligi xabariga köra, erkak «şaxsiy va oilaviy muammolar» tufayli hujum uyuştirganini aytgan.
Ozarboyjon elçixonasiga qurolli hujum uyuştiriş fakti yuzasidan tergov boşlandi. Ozarboyjon TIV voqea tafsilotlari haqida qöşimça ma’lumotlar keyinroq batafsil e’lon qilinişini ta’kidladi.

















