Isroil harbiylari Falastinning «Islom jihodi» guruhiga mansub «terrorçilar otryadi» yirik hujumining oldini olişga muvaffaq bölganini ma’lum qildi.
Isroil armiyasi vakillari operatsiya natijasida 3 jangari yöq qilingani, yana biri taslim bölgani va hibsga olinganini ma’lum qildi.
«Xavfsizlik kuçlari gumondorlar joylaşgan binoni örab oliş uçun operatsiya ötkazdi. Ikki qurolli gumonlanuvçi qoçişga harakat qildi va zararsizlantirildi», deyiladi Isroil Mudofaa armiyasi (TsAXAL) bayonotida.
«Bino içida bölgan gumonlanuvçilardan biri xavfsizlik kuçlariga taslim böldi. TsAXAL askarlari gumonlanuvçilarda bölgan ikkita portlovçi moslamani portlatiş uçun binoga kirdi. Voqea joyida yana bir qurollangan gumondor ham bor edi. U zararsizlantirildi», deyiladi xabarda.
TsAXAL jangarilarni Isroil tinç aholisi va askarlariga qarşi köplab yirik terrorçilik hujumlarini rejalaştiriş va amalga oşirişda faol iştirok etganlikda aybladi.
Harbiylarning sözlariga köra, reyd çoğida yana bir falastinlik jangari askarlarga qarata öt oçgan. Isroilliklar ham bunga javoban öt oçişgan va kimgadir jarohat yetkazişgan. TsAXAL qöşimça qurbonlar bölişi mumkinligi haqidagi xabarlarni tekşirmoqda.

XAMAS va «Islomiy jihod» (Buyuk Britaniya, AQŞ, Yevropa Ittifoqi, Isroil va boşqa bir qator davlatlar ularni terrorçi taşkilotlar deb tan olgan) Isroil harbiylariga qarata öq uzgani va ularga qarşi qölbola portlovçi qurilmalar qöllaganini tasdiqladi.
Ğarbiy sohildagi tibbiy xizmatlar reydda töqqiz nafar falastinlik halok bölgani va yana 20 nafari yaralangani, ulardan tört nafarining ahvoli oğir ekanini ma’lum qildi.
Falastinning rasmiy Wafa axborot agentligi Isroil askarlarining Jyeninga kirişiga tösqinlik qilmoqçi bölgan 7 nafar falastinlik yaralanganini ma’lum qildi. Şuningdek, isroilliklar Jyenin şahridagi turistik klub binosini butunlay vayron qilgan.

Taksi haydovçisi Muhammad Ammoriy sözlariga köra, dösti bilan gaplaşib turganida harbiy maşinalar klub yonidagi binoga yetib kelgan.

















