Bölib ötgan uçraşuvda ispan tomonidan Banco Santander bankining Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari böyiça loyiha guruhi rahbari David Plaza va Özbekiston tomonidan transport vaziri örinbosari Abdusamat Möminov hamda vazirlikning tegişli boşqarma boşliqlari iştirok etişdi.  

Foto: Dunyo AA

Banco Santander banki vakili hozirgi kunda bank rahbariyati tomonidan Özbekistonda yirik sarmoyaviy infratuzilma loyihalarini amalga oşirişni moliyalaştiriş orqali Özbekiston bank xizmatlari bozoriga çiqiş imkoniyatlari örganilayotganini ma’lum qildi. 

«Investitsiya jozibadorligi, iqtisodiyotni huquqiy tartibga soliş sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, şuningdek, mamlakat rahbariyati tomonidan amalga oşirilayotgan faol özgarişlarni hisobga olgan holda bank Özbekistonni faol hamkorlikning yangi istiqbolli yönalişi sifatida belgilamoqda, - dedi David Plaza. - Mamlakatda jadal rivojlanayotgan sohalardan biri bölgan transport jabhasida amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan yirik loyihalarda kredit mablağlari ajratiş masalalari örganilmoqda».

Özbekiston vakillari Banco Santander bankiga aviatsiya, temiryöl, şahar transporti kabi yönalişlardagi yirik loyihalarni amalga oşiriş hamda mintaqa darajasida rejalaştirilayotgan davlatlararo yangi temiryöllarni quriş loyihalarini moliyalaştirişda iştirok etiş taklifini bildirdi.

Muzokaralar natijasida barça qöşimça ma’lumotlarni almaşiş uçun ekspertlar darajasida muloqotlarni davom ettirişga kelişib olindi.