Bişkekdagi «Ala-Arça» davlat qarorgohida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov tor doirada uçraşuv ötkazdi.

Özbekiston rahbari taklif va samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirib, keyingi ikki yilda Özbekiston-Qirğiziston hamkorligi juda samarali rivojlanganini qayd etdi.

«Qirğiziston bizning muhim strategik hamkorimiz, eng yaqin qöşnimiz va vaqt bilan sinalgan döstimizdir», - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Tomonlar oxirgi ikki yilda özaro munosabatlarni mutlaqo yangi darajaga olib çiqişga erişgani ta’kidlandi. Özbekiston-Qirğiziston çegarasining delimitatsiyasi yakuniga yetkazilgani esa tarixiy voqea sifatida e’tirof etildi.

Muzokaralarda ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, suv-energetika va hududlararo hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Özbekiston rahbari keyingi yillarda özaro savdo hajmi yetti barobarga köpayganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Ötgan yilning özida tovar ayirboşlaş 30 foizga oşib, 1,3 milliard dollarga yetdi.

Ikki mamlakat hukumatlariga savdo hajmini yanada oşiriş va özaro mahsulot yetkazib beriş nomenklaturasini kengaytiriş yuzasidan birgalikda işlaş böyiça topşiriq berildi.

Sanoat, töqimaçilik, energetika, kon va qişloq xöjaligi sohalarida yangi qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.

Şu maqsadda Özbekiston-Qirğiziston taraqqiyot fondining salohiyati yanada faol işga solinadi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy tuzilmalar va xalqaro muloqot maydonlari doirasidagi hamkorlikni, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlik, zamonaviy xatar va tahdidlarga samarali qarşi kuraşiş masalalarini ham muhokama qildilar.

Tomonlar köp tomonlama tuzilmalar doirasidagi özaro manfaatli hamkorlikni bundan buyon ham davom ettirişga intilişini tasdiqladilar.