AQŞ Harbiy-havo kuçlari qömondonligi rahbari general Mayk Minihan sözlariga köra, Xitoy va AQŞ örtasida Tayvan uçun uruş 2025 yilda boşlanişi mumkin. Bu haqda u qöl ostidagilarga yuborilgan xizmat xatida yozgan, deb xabar berdi NBC News.
«Xato qilayotganimga umidvorman, ammo 2025 yilda jang qilişimiz mumkinligini sezyapman», deydi general öz xabarida. Mayk Minihan 2024 yilda AQŞda ham, Tayvanda ham prezidentlik saylovi ötkazilişini va Xitoy rahbari Si Jinping bundan foydalanib Tayvanni egallaşga harakat qilişi mumkinligini ta’kidlagan.
General öz askarlariga 28 fevralgaça Xitoy bilan jangga tayyorgarlik köriş bilan boğliq barça muhim tadbirlar haqida hisobot berişni buyurgan. Ofitserlarga mart oyida «öz şaxsiy işlarini tartibga soliş» va huquqiy muammolarni hal qiliş tavsiya etilgan.
Harbiy-havo kuçlari qömondonligi vakili maktubning haqiqiyligini tasdiqladi. Uning ta’kidlaşiça, generalning buyruği 2022 yildayoq boşlangan jarayondan kelib çiqadi. Unda «agar tiyib turiş iş bermasa, töqnaşuv yuz berişi mumkinligi» qayd qilingan.
AQŞ Mudofaa vazirligi matbuot kotibi, öz navbatida, Mayk Minihan sözlari «idoraning Xitoyga nisbatan nuqtai nazarini aks ettirmasligini» va Pentagon Hind-Tinç okeani mintaqasini «tinç, erkin va oçiq» saqlaş tarafdori ekanini aytdi.
Xitoy Tayvanni özining ajralmas qismi deb biladi, ammo Pekin fuqarolar uruşi tugaganidan va 1949 yilda XXR tuzilganidan beri orolni amalda nazorat qilmaydi.
2022 yil avgustida Xitoy rasmiylari Pekin Tayvan bilan «tinç yöl orqali birlaşiş uçun keng maydon yaratişga tayyorligini» va orolni qölga oliş uçun kuç işlatiş «boşqa heç qanday imkoniyat bölmagan vaziyatda oxirgi çora sifatida» körilişi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

















