Ispaniyada bombalar bilan xat jönatganlikda gumon qilingan şaxs garov evaziga çiqiş huquqisiz hibsga olindi. Madriddagi Milliy sudning (Audiencia Nacional) tergov sudyasi 27 yanvar, juma kuni 74 yoşli erkakni terrorizm böyiça törtta va oğirlaştiruvçi holatlarda terrorizm böyiça esa ikkita band (boş vazir Pedro Sançes va mudofaa vaziri Margarita Roblesga bomba yuborgani uçun) bilan aybladi, deyiladi sud xabarida.

Jinoyatçi deb taxmin qilingan şaxs ikki kun avval Madriddan 300 kilometr şimolda joylaşgan Miranda-de-Ebro şahrida qölga olingan. Uning uyini tintuv qiliş çoğida «portlovçi moddalarni taşlaş» uçun işlatilişi mumkin bölgan uçuvçisiz uçiş apparati va elektron qurilmalar topilgan.

Noyabr oyi oxiri va dekabr oyi boşida portlovçi moddalar solingan oltita xat yuborilganlar orasida boş vazir Sançes va Mudofaa vazirligi rahbaridan taşqari, Madriddagi Ukraina va AQŞ elçixonalari, Torrexon-de-Ardosdagi aviabazaning sun’iy yöldoş markazi va Ukrainaga yetkazib beriladigan qurol işlab çiqaruvçisi Instalaza ofisi ham bor edi.

Gumonlanuvçining terrorçi töda yoki uyuşgan guruhga tegişli ekanligiga dalil yöq, deya ta’kidladi tergov sudyasi hisobotda. Biroq, uning sözlariga köra, hammasi Rossiya bilan aloqasi bölgan şaxs tomonidan Ukraina tarafdorlariga hujum qiliş maqsadida amalga oşirilganidan dalolat beradi.