Musobaqada özbekistonlik yoş şaxmatçilar - xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov yetakçi grossmeysterlar qatorida «Masters» guruhida, xalqaro grossmeyster Javohir Sindarov esa «Challengers» guruhida ğoliblik uçun kuraş olib boryapti. 

11-turda 18 yoşli Nodirbek Abdusattorov musobaqadagi asosiy ta’qibçisi, ikkinçi örinda borayotgan niderlandiyalik Giri Aniş bilan durang öynadi. Bu natijadan söng, Nodirbek 11 imkoniyatdan 7,5 oçko jamğarib, «Masters» guruhida peşqadamlikni saqlab qoldi. Aniş 7 oçko bilan ikkinçi, norvegiyalik Magnus Karlsen 6,5 oçko bilan uçinçi örinni egallab turibdi. 

«Masters» guruhida yana 2 ta tur ötkaziladi. Abdusattorovning keyingi raqibi 28 yanvar kuni amerikalik Uesli So böladi. 

Aleksandr Donçenko va Javohir Sindarov / Foto: Tata Steel Chess

«Challengers» guruhida 17 yoşli Javohir Sindarov ham muvaffaqiyatli iştirok etmoqda. U 11 imkoniyatdan 7 oçko jamğarib, uçinçi örinni egallab turibdi. Jadvalda germaniyalik Aleksandr Donçenko 8 oçko bilan peşqadamlik qilyapti, turkiyalik Mustafo Yilmaz 7,5 oçko bilan ikkinçi bölib turibdi. 

Musobaqa 29 yanvargaça davom etadi.