“Yoz faslida qişloqda iş köp böladi. Qişda iş kamligida boğçada öt yoquvçi bölib işlayman. Turmuş örtoğim oğiroyoqligi uçun hozirça uyda ötiribdi. U heç qayerda işlamaydi. 1-sinfda tahsil oladigan öğlim bor.

Qişning ayozli kunlaridan soğ-omon çiqib olsak, to keç kuzgaça kunlik qurilişda işlaşda davom etaman. Asosan qişloqdagi xonadonlarda “beton” quyiş işlari bilan şuğullanaman.

Ayni kunlarda havo sovuqligi uçun 24 soatlab işlayapmiz. Asosiysi xonalarda harorat tuşib ketmasligi kerak. Ota-onalar öz farzandlarini bizga işonib topşirib ketişadi. Bunday sovuqda ularning kasal bölmasligi bizga boğliq.

Erta sahar soat 4:00 da peçkalarga kömir solişni boşlaymiz. Olov öçib qolmasligi uçun doimiy nazorat qilib turamiz. Haftaning şanba va yakşanba kunlari uyga borib kelaman. Boşqa kunlari işxonada qolişga majburman.

Orada qattiq sovuqlar böldi. Barça qatori azob tortdik. Bolalar boğçaga kelmagan bölsa-da quvurlar muzlab yorilib ketmasligi uçun peçlarga öt yoqib çiqişga töğri keldi. Ayrim kunlari “kotyol”lar muzlab ham qoldi. Tuni bilan uxlamay muzni eritib çiqişga töğri keldi.

Oylik maoşim 1 million söm. Keyingi oylikkaça dökondan qarz bölib qolaman. Rözğorni amallab tebratib kelyapmiz. Har uç-tört kunda dökondan nasiyaga tovuq göşti va boşqa mahsulotlar olaman. Sotuvçi daftariga yozib qöyadi. Plastik kartamga oylik tuşganida qarzimni berib kelaman.

Hayotdagi eng katta orzum öğlimni oliy ma’lumotli qiliş. U kelajakda menga öxşab qora çangga botib işlamasin deyman.