Suhbat çoğida oliy va kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini takomillaştiriş, yoşlarni kafolatlangan iş örinlari bilan ta’minlaşga qaratilgan loyihalar doirasida davlat-xususiy şerikligini örnatiş masalalari muhokama qilindi.
Bekzod Mamatqulov Özbekistonda qişloq xöjaligi sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan Italiyaning nufuzli universitetlari filiallarini oçişni taklif qildi. U Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan 28 ta korxonani kasb-hunar kollejlarida ma’lumot olgan mutaxassislar bilan ta’minlaş zarurligini ta’kidladi.
Ibrohim Abdurahmonov BMB Trade Group kompaniyasi takliflarini qöllab-quvvatladi va uşbu masalalarni davlat-xususiy şeriklik formatidagi maxsus loyihalar doirasida işlab çiqişga tayyor ekanini bildirdi.
Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar Özbekistonda Italiyaning nufuzli universitetlari bölimlarini oçiş, Jizzax viloyatidagi kasb-hunar ta’lim muassasalaridan birini kompaniya tizimida faoliyat yuritayotgan korxonalarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda mutaxassislar tayyorlaşga yönaltiriş va buning uçun maxsus öquv dasturlarini işlab çiqiş va tasdiqlaşga kelişib olindi.

















