27 yanvar kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qirğizistonga davlat taşrifi doirasida ikki mamlakat hukumatlari örtasida 2023-2025 yillarga möljallangan strategik savdo-iqtisodiy şeriklik dasturi imzolandi.
Hujjatni Qirğiziston Respublikasi Iqtisodiyot va savdo vaziri Doniyor Amangeldiyev va Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov imzoladi.
Dasturda quyidagi tarmoqlarni rivojlantiriş rejalaştirilgan:
1. Özaro savdo. Özaro tovar ayirboşlaş hajmini 2 milliard dollarga yetkaziş, ikki davlat örtasidagi tovar ayirboşlaş statistik ma’lumotlaridagi farqni kamaytiriş, töqimaçilik mahsulotlari, elektrotexnika, oziq-ovqat, farmatsevtika, çarm-poyabzal, qişloq xöjaligi mahsulotlari, quriliş materiallari, rangli metallar, alyuminiy, kömir, sement yetkazib beriş hajmini oşiriş.
2. Sanoat kooperatsiyasi. Bu yönaliş Özbekiston-Qirğiziston taraqqiyot jamğarmasi mablağlarini jalb qilgan holda sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oşiriş, ikki mamlakat hududida quriliş materiallari işlab çiqarişni özlaştiriş, farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqaruvçi qöşma korxonalar taşkil etişni nazarda tutadi. Bundan taşqari, Qora-Bolta şahrida trikotaj mato va tikuv-trikotaj mahsulotlari işlab çiqarişni taşkil etiş, Jalolobod viloyatida ip-kalava işlab çiqarişni taşkil etiş va boşqa qator qöşma loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.
3. Transport-logistika sohasi. Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temir yöl qurilişini boşlaş, yirik şaharlar örtasida avtobus va avtomobil yölovçi taşuvçilar sonini köpaytiriş, şuningdek, Qoşğar-Irkeştom-Öş-Andijon-Toşkent multimodal transport yölagini rivojlantiriş.
4. Qişloq xöjaligi. Qirğizistonda çorvaçilik klasteri, intensiv boğlar va issiqxonalar taşkil etiş.
5. Energiya. Qirğizistonda Qambar Ota-1 GES quriliş loyihasini, Qirğizistonda kömir konlarini özlaştiriş loyihasini hamkorlikda amalga oşiriş, Özbekiston korxonalari ehtiyoji uçun kömirni markazlaşgan holda xarid qiliş böyiça şartnoma tuziş.
Eslatib ötamiz, 26—27 yanvar kunlari Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qirğizistonga davlat taşrifi bölib ötmoqda. Uçraşuv yakunlari böyiça qator hujjatlar imzolanib, qirğiz-özbek davlat çegarasini delimitatsiya qiliş jarayoni yakunlandi.

















